Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
SYe HARFINING SAMIN GAVHARLARINING SAMARASI «FAVOYID»DIN
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
SYe HARFINING SAMIN GAVHARLARINING SAMARASI «FAVOYID»DIN
89 Ko‘ngulda zulm bila qilma yuz bino ihdos, Chu qilding, ushbu yetar, qilmag‘il yana ihdos. Jafo binosini buzg‘il, nedinki muhdis erur, Xilof shar’i bino qilding avvalo ihdos. Gar elga qasri tarab tuzdi ishq me’mori, Netayki, qildi manga kulbai ano ihdos. Fig‘onkn, ul buti banno base jafo tarhin Ko‘ngulda qildi hanuz o‘lmay oshno ihdos. Meni chu buzdi, ne osig‘ki, xalq uchun qilg‘ay Visol ganji uchun maxzani g‘ino ihdos. Chu yor vasli tilarsen, vujud uyini buzub, Ko‘ngul harimida qil mahrami fano ihdos. Navoiyo, dema ihdos qilding o‘zluk uyin, Men aytgan o‘lsam ani, tavba rabbano ihdos.
Bo‘ldi bexudlug‘uma bodai gulgun bois, Ani no‘sh aylagali soqiyi mavzun bois. Buki, laylivashim ollida fido qildim jon, Bo‘ldi bu qissag‘a afsonai Majnun bois. Dard tog‘in qozorim tirnog‘ ila Shirindur, Lek bo‘ldi manga Farhodi jingarxun bois. O‘lturur xolu xatu qoshu ko‘zu g‘amzasi ham, Bor anga qatlima andozadan afzun bois.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 48 Ishq dashtida yugursam, ajab ermaski, erur Telbaga po‘ya uchun vus’ati homun bois. Ko‘zlarim yoshinikim Qulzumu Ummon etdim, Mojarosig‘a edi Dajlayu Jayxun bois. Dema: ko‘yida ul oyning nega sargardonsen, Bo‘ldi bu mehnatima gardishi gardun bois. Nafsi nahsiyatidin chiqqay, angakim bo‘lg‘ay Toli’ sa’d bila baxti humoyun bois, Gar Navoiy esa mug‘ dayrida rasvo, tong emas, Ne uchun bo‘lmasun omodadurur chun bois.
Borib Yusuf jamoli naqdig‘a jonon erur voris, Nachukkim, piri Kan’ong‘a mahi Kan’on erur voris. Libos erdi quyun Majnung‘a, chun ul dashtdin chiqti, Aning to‘nig‘a bu majnuni sargardon erur voris. Chu men o‘ldum, g‘amim ul husn shohi gar yesa, g‘am yo‘q Ki, bekaslar o‘lub, nekim qolur, sulton erur voris. Ko‘ngul foniy bo‘lub, qonim duri ashkim qabul etti, Yatim ar yosh esa ham, ne qolur pinhon, erur voris. Uyaqti chun quyosh, ul oyg‘a qoldi dahr yorutmaq, Chu bordi mehri davron, ofati davron erur voris. Men o‘lsam, ishq naqdi xud erur ko‘nglumga mavrusi, Kishi farzandi garchi bo‘lsa besomon, erur voris. Nekim to‘qquz anoyu to‘rt atodin fitnayu ofat, Bo‘lur voqi’, anga ul ofati fatton erur voris. Ulug‘lardin nasib istar esang, kasbi kamol etgil, Nedinkim, anbiyog‘a ilmliq inson erur voris. Navoiy ko‘nglin olib, tig‘ surgan jonni ham oldik Ki, joni naqdig‘a ham ko‘nglini olg‘an erur voris.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling