Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
66 Nachukkim, tosh aro pinhon zumurrad. G‘am ermas ne uchunkim husni ortar, Chiqarsa sabzadin bo‘ston zumurrad. Zumurrad topmaq erdi mushkil, emdi Ilikka kirgusi oson zumurrad. Zumurrad qadri bor oz ersa, lekin Xush ermas behadu poyon zumurrad. Zumurradqa yuzung kon bo‘ldi, ammo Fido bo‘lsun anga yuz kon zumurrad. Magar yoqut yanglig‘dur mufarrih Kim, aylar xalqni xandon zumurrad. Falak yuz neshi zahrolud tortar Ki, qilmas sabzadin tug‘yon zumurrad. Navoiy, sabza ichra ich mayi la’l Ki, solmish bog‘ aro davron zumurrad. 125 Ey, soching zanjirida oshuftayu shaydo xirad, Ul savod ichra topib sarmoyai savdo xirad. Gar junun daf’ig‘adur zanjnr, ko‘rgil, kim qilur Ul salosil qaydida devonalig‘ paydo xirad. Bo‘ldi ishq ilgida andoqkim, kerak zoru zabun, Aylamak bordi junun ahlig‘a istig‘no xirad. Asru rasvolig‘larimni ko‘rmish erdi ishq aro, Men nachuk rasvo edim, bo‘lmish bu dam rasvo xirad. Ishq kuydurdi xiradni, bordi ulkim, degamen Kim, bu muhlik varta ichra yo bo‘lay men, yo xirad. Gar xirad ham ishq mag‘lubidurur mendek, valek Hech mushfiq g‘am yemas ahvolima illo xirad. Ishq aro jonig‘a yetgandin, dame istab farog‘, Bizga targ‘ib aylar emdi sog‘ari sahbo xirad. Kir fano vodiysi ichra ishq ra’yi birlakim, Mastu mabhut o‘ldi anda ziyraku dono, xirad.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 67 Ey Navoiy, ishq aro kom istasang, devona bo‘l, Bu sharafni topmag‘ung, hamrohing o‘lsa to xirad. 126 Vahki, ham hushumni afzun qilmadi afsunu pand, Ham jununimni kam aylay olmadi zanjiru band. Bilki, sendindur bori dardim ne fikring holima, Dardmand el holin ul bilgayki, bo‘lg‘ay dardmand. Zaxmlarkim soldi zahrolud tig‘ing jismima, Og‘zin ochib har biri, holimg‘a aylar zahrxand. Bo‘ynunga mushkin ipakdin, eyki, tumor osmishang, Qayda holim bilgasenkim, bo‘ynuma taqding kamand. To ko‘ngul xoling xayolidin boshingg‘a evrulur, Yo‘q sanga hojat yomon ko‘z daf’ig‘a o‘tu sipand. Chun falak toqidek oxir bo‘lg‘usidur sarnigun, Rif’ating toqin, ne sud, etmak falakcha sarbaland. Ey Navoiy, obi hayvondek labidin uz umid Kim, sochi zulmotidin yopti anga mushkin parand.
Yo‘lida jon berdim, o‘tti ko‘rmayin jonon, ne sud, Ko‘rsa ham, ko‘rmaska solib, zoe’ o‘ldi jon, ne sud. Sud ko‘z tuttum qorarg‘an ko‘zga ul yuz mehridin, Anglag‘ach, mehri jamolin ayladi pinhon, ne sud. Bir tabassumg‘a labidin jonni berdim sud uchun, Jonim olib, la’li aning bo‘lmadi xandon, ne sud. Zulfi savdosida naqdi umr berdim, ohkim, Yetmadi jonimg‘a bu savdoda juz nuqson, ne sud. O‘qlaridin javhari paykon ko‘ngulga sud edi, Har nekim otti yetishkach, o‘ttilar parron, ne sud. Foniy o‘l aylab jahon sudu ziyonin tarkkim, Ne ziyondur mo‘‘tabar olamda, ey nodon, ne sud. Ey Navoiy, dema jon ber, vaslidin sud istasang, Yuz tuman jon bersa, chunkim, vasl emas imkon, ne sud.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling