www.ziyouz.com kutubxonasi
62
Ishq tarkigakim, irshod etaram ushshoqin,
Mast bergandek erur volai paymonag‘a pand.
Labi jonbaxshg‘a man’ etkucha, ey soda raqib,
Qatl man’ida ber ul g‘amzai mastonag‘a pand.
Dayr aro mug‘bacha chun qildi Navoiyni halok,
Chiq debon nofi’ emas foniyi butxonag‘a pand.
117
Ne murodu ne umid aylar ul oydin bizni shod,
Ohkim, ishq ichra ham novmidbiz, ham nomurod.
Orazi hajrida bo‘lmish tiyra ko‘nglum kishvari,
Muddate bo‘ldiki, ko‘rmaydur yorug‘lug‘ bu savod.
Xol erur yo sun’ kilki safhai ruxsor uza
Xat raqam aylar zamonda, xomadin tommish midod.
Gul jabinin ko‘zga ko‘p surtar esam, ayb etmangiz,
Negakim, bir guljabinlikdin berur har lahza yod.
Ko‘zuma ashk evrulub, tan dasht aro sargashtadur,
Ishq bahru dashtida girdob ulu bu girdbod.
Tark etib har qaydni, qo‘ydum qadam dayr ichra, lek
Dayr piri har nekim der, chora yo‘q juz inqiyod.
Ishqida mendin asar yo‘q, kimga bo‘lsa multafit,
Toki isnayniyat o‘lmas, mumkin ermas ittihod.
Charxdin ne kelsa, juz taslim yo‘qtur chorae
Kim, qaviy ollida xo‘b ermas zabunlardin inod.
Ey Navoiy, g‘unchadek ko‘nglung tutulsa hajrdin,
Noumid o‘lma: nasimi vaslidin yetkay kushod.
118
Ko‘ngluma tig‘ urg‘ach, ohimdin huvaydo bo‘ldi dud,
Shu’laning ustiga chun qunding su — paydo bo‘ldi dud.
Yuzu zulfi hasratidin buki chektim o‘tlug‘ oh,
Shu’la xurshidu g‘ubori mushki soro bo‘ldi dud.
Xonumonim kuygannn hajr o‘tidin g‘am dashtida,
Bildilar ovoralar, chun oshkora bo‘ldi dud.
G‘am tuni ermaski, ohimdin qorong‘udur sipehr,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |