Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

59

Armanidur go‘yiyo ul sho‘x kofur turkmon  



Kim, yetar din mulkiga kofur ko‘zi yag‘mosi cho‘x. 

Dilrabolig‘ning libosi cho‘xasidur go‘yiyo, 

Kim ani kiygach, ko‘ngul olur qadi ra’nosi cho‘x. 

Qiymati ajnosdin chun shadda bog‘lar haft rang,  

Husni bozori aro zohir bo‘lur kolosi cho‘x. 

Sollonib chun jilva aylar, xalqni vola qilur,

Ham qadi ra’nosi, ham andomi ruhafzosi cho‘x. 

La’lidin kom nstaram, ne chora, yetsa ko‘ngluma

Kirpikining nayzasidin zaxm ila izosi cho‘x. 

Bas bahodirvash erur, lekin muloyim ham erur  

Kim, Navoiy ko‘ngliga tushmish aning vasvosi cho‘x. 

111

Dema, bir o‘pmak ne erkin la’lidin jonong‘a narx,  

Ne so‘rarsen, angla, bir misqoli yuz ming jong‘a narx. 

Kom pinhon og‘zidin topmoqqa ko‘p so‘rmang baho:

Kimsa ta’yin aylamaydur javhari pinhong‘a narx 

Har kun ul yuz qiymati tag‘yir topsa ayb emas:  

Ikki kun bir nav’ bo‘lmaydur guli bo‘stong‘a narx. 

Husn bozorida men bo‘ldum ul oyg‘a mushtari,  

Kim muqarrar aylagay oyo mahi tobong‘a narx. 

Xudfurush o‘ldi ul oy, oyo, qayondin topqamen

Anikim, qildi muayyan Yusufi Kan’ong‘a narx. 

Kim mening ko‘nglum xaridoridurur, bir lutf bas,  

Naqd hojat ermas, oxir istasang vayrong‘a  narx. 

Ey Navoiy, ul quyosh qursi bahosin so‘rmag‘il,  

Sen gadog‘a avlo ul bo‘glg‘ayki, so‘rsang nong‘a narx. 

112

Qaddu ruxsorig‘a yo‘q gulshanda bir monand shox,  

Kim sapidor uzra guldin aylamish payvand shox. 

Bog‘i hajr ashjori shoxidin tutay sayli sirishk

Kim, ulug‘ savdo keraktur bog‘lamoqqa band shox. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

60

Tundbodi hajr ayshim bog‘in andoq buzdikim,  



Tushti furqat dashtida har sari bir parkand shox. 

Jism aro har uzv tig‘ingni qilurlar orzu,  

Uylakim, bo‘lg‘ay yag‘ochda sug‘a hojatmand shox. 

Sho‘xlar sindurdilar naqdi hayotim shoxini, 

Ul sifatkim, bo‘lg‘ay atfol ilgidin sarkand shox. 

Naxli tab’im shoxidin ma’ni bo‘lur zoyandakim,  

Shoxning farzandi guldur, naxlig‘a farzand shox. 

Ey Navoiy, qaddi tubidur, yuzi jannat guli,

Gulshani davronda yo‘q ul qadg‘a bir monand shox. 

113

Xujasta tongki ochib oraz ul buti gulrux,  

Bahor husni kebi subhim aylagay farrux. 

Sanga mushobahati bo‘lg‘ay erdi, bo‘lsa edi

Bu gulshan ichra pariy — sarvqomatu gulrux. 

So‘z aytsa ham o‘lubu ham tirilmakim ne ajab  

Kim, o‘lsa talx takallum, erur shakar posux. 

Soching qorasida yuz mushk tibbatu totor,

Qading havosida ming sarvi Uchavu Xallux. 

Ichimda la’ling erur uylakim badan aro jon,  

O‘qungda jonim erur uylakim so‘ngak aro mux. 

Chu fayz erur mutafovut topilmag‘ay ma’ruf,

Agarchi Karax kebi keldi surat ichra kurux. 

Ko‘rub yuzungni Navoiyg‘a hush ketsa ne tong 

Ki, mot o‘lur bori shahlar, qachon sen ochsang rux. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling