Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
63 Bu ko‘han dayr ichra behad vahshatafzo bo‘ldi dud. Kuydurub ko‘nglum, ko‘zumni tiyra qildi, to anga Yuz o‘ti bargi suman, zulfi sumanso bo‘ldi dud. Hajr o‘ti ul oy havosida meni chun o‘rtadi, Har taraf shabgun bulutdek charxpaymo bo‘ldi dud. Soqiyo, obi hayoti may bila kulbam yorut Kim, firoq o‘tndin anda zulmatoso bo‘ldi dud. Rost ul yanglng‘ki zulmat ichra Xizr o‘lg‘ay nihon, Xayli mazlum ohidin bu toqi xazro bo‘ldi dud. Ul uzoru xat uchun har dam Navoiy chekkach oh, Kulbai ehzonig‘a yo tushti o‘t, yo bo‘ldi dud. 119 Ey, qilib zulfung kamandi vahshiyi sahroni sayd, Yuz menu Farhod ila Majnun kebi shaydoni sayd. Yo‘q ajab Farhod ila Majnunni xud sayd etmaking, Turfa budurkim, qilib Shirin bila Layloni sayd. Vah, bu ne sayyodlig‘durkim, biravkim dahr aro, Husn ila olamni sayd aylab, sen aylab ani sayd. Ko‘rguzub chun domi zulfu donai xol aylabon, Bulbulu qumri demonkim, pashsha to anqoni sayd, Domi zulfinin bir ochib, tortmoq birla qilib Yuz tuman qudsi tuyuri gulshani xazroni sayd. Bilmon, ey sayyod, qaysi dom ila qilmaq bulur, Ul tazarvi dilkash, ul tovusi bazmoroni sayd. Gar Navoiy xo‘blar saydidur, ammo qilmamish Sendin o‘zga kimsa ul oshuftai rasvoni sayd.
Yo‘q manga yuz yilda ul mahvashqa bir so‘z derga had, Bo‘lsa bir so‘z derga had, ul ham bo‘lur yuz qatla rad. Mehri xud yo‘q, lek amdo zohir aylar iltifot Kim, xaloyiq jonima qasd aylagaylar yeb hasad. Turfaroq bukim, qilib olamni jonim dushmani, Do‘stlug‘ izhori har majlisda aylar beadad.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 64 Shak emaskim, bo‘lg‘usidur yorlar bee’timod, Har qachan yor ollida ag‘yor bo‘lsa mu’tamad. Umr yanglig‘ bevafodur xalq, go‘yo, ey Xizr, Chekti Zulqarnayn Ya’juji vafo ollig‘a sad. Ey xush ulkim, go‘sha tutqay uylakim, topilmag‘ay Axtarib davronni davr ahli azaldin to abad. Soqiyo, abnoyi davron javrining poyoni yo‘q, Uyla sog‘ar tutki, zoyil aylagay hushu xirad. To bo‘lay ul nav’ loya’qilki, kelmay holima, Qilsa yuz Farhod ila Majnun nasihatdin madad, Ey Navoiy, olam ahli javr etarda tengdurur, Xoh shohi charx qadru xoh mohi sarvqad.
Ishq aro kuymak ishim, qayda menu qayda xirad, Buyla o‘t ichra kirarga xirad ahlig‘a ne had. Ishq o‘ti Turi tajalliyg‘a chu soldi partav, Xaski kul bo‘ldi, burunroq yo‘q edi g‘ayri xirad. Zuhd xuffoshi ocha olmasa ko‘z, kimga gunah, Ishq xurshidi yorutmish chu azal to ba abad. Ishq ul bir muallimki, aning maktabida Aql o‘qib tifl kebi lavhi fanodin abjad. Ishq jonbaxsh nasimn ne chamang‘aki esib, Yuz nihol anda bo‘lub lolauzoru gulxad. Ul chaman bargi guli shavq hadisig‘a varaq, Sunbuli silsilasi hush jununig‘a madad. Asli bir zot kelib chunki marotibg‘a o‘tub, Benihoyat bo‘lub ijodu sifot ichra adad. Birdurur asli adad, kimki haqiqatbindur, Gar adad yuz tuman o‘lsa, tuzatur birga sanad. Ey Navoiy, desang ixlos ila bu sirni tilay Qulhuallohu ahad, so‘ngradur ollohu samad.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling