Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

73

Holini naylab nihon tutsun Navoiy xastakim,  



Yetsa ashkin oh urar, yig‘lar agar ohin tiyor. 

¤ Bu g‘azal  «Navodir un-nihoya» devonidan  kiritilgan bo‘lib, qo‘lyozmada 

So‘zu yoru yordin so‘rmongki, hijron dashtida  

Qolg‘ali bekas unut bo‘lmish manga yoru diyor 

bayti bor, ammo u «Xazoyin ul-maoniy»ning XV—XVI asr qo‘lyozmalarining birortasiga ham 

kiritilmagan, shuning uchun mazkur bayt tushirib qoldirildi. 



138

Parvona qanoti arokim dog‘ ila qondur,  

Hajr o‘tiyu g‘am yarasidin ikki nishondur. 

Sarig‘, qizil  alvon bila xil’atlaring, ey gul,

Ra’nolig‘ erur, ulki libosingda ayondur. 

Ul ko‘z qorasi hay’ati majruh ko‘ngulda,  

Hijron o‘tidin ikki yangi dog‘i nihondur. 

Ko‘nglumniki pargolalar etti g‘ami hajring,

Lola  varaqidek borida dog‘  ila qondur. 

La’lingdin agar qatrai qon qilsa tarashshux,

Tufroqqa tomizmaki, aning tufrog‘i jondur. 

Bu gulshan aro bo‘yi vafo yetmadi guldin  

Bulbulg‘aki, ming navha bila da’bi fig‘ondur. 

Shavq o‘tig‘a yonmoqqa o‘zni urdi  Navoiy,  

Qovdung, kelu lutf aylabon ul telbani yondur. 

139

To buzug‘ ko‘nglum  aro zulfung xayoli aylanur,

Ajdahoedurki, bir vayrona nchra to‘lg‘anur. 

Ahli  dard ohu fig‘onidur,  emas  ko‘su  nafir,  

Sayr uchun ul xo‘blar  shohi qachonkim otlanur. 

Gar tanimda dog‘lardur, vah, ne tong toshida dog‘,  

Notavonekim, ichi hijron o‘tidin o‘rtanur. 

Har shararkim, o‘tlug‘ ohimdin borur gardun sari,  

Ahli ishq arvohi o‘rtonmakni andin o‘rganur. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling