www.ziyouz.com kutubxonasi
74
Ravshan etmas bazmni husn ahli sepdek, kim etar
Dahr yorutmog‘ni gar anjum quyoshqa o‘tkanur.
Chun bu gulshan bevafodur, jom davrig‘a to‘kar,
Necha pora siymkim, umrida nargis qozg‘anur.
Andoq uyqug‘a Navoiy bordi hijron shomikim,
Yaxshidur gar hashr g‘avg‘osida dog‘i uyg‘anur.
140
Teshildi xasta ko‘ngul, ishq tig‘i etkach zo‘r,
Kirar anga qora qayg‘u sipohi uylaki mo‘r.
Yuzi ko‘zumdayu g‘oyibmen andin, aylama ayb,
Sirishkining suyi rangin ne nav’ bilsun ko‘r.
Labing xayolida sho‘roba to‘ksam, andin erur
Ki, bir chuchuk berur ul yerdakim, su bo‘lg‘ay sho‘r.
Ajab emas ishimiz dayr aro gadolig‘ esa,
Nedinki, mug‘bachalar qildi bizni muflisu o‘r.
Agarchi mahvashim rustoyi oyindur,
Valek shahru viloyatqa soldi g‘orati g‘o‘r.
Bu dasht sathida jomi Jam ichra ko‘p boqtim,
Qadah keturki, ne Bahrom zohir o‘ldi, ne Go‘r.
Navoiy aytsa abyot ul oy mehrinda,
Kerakki nag‘masi bo‘lsa bayotiyu mohur.
141
Itlaring xayli meni o‘ldi gumon ayladilar,
Ki, boshimda kecha to subh fig‘on ayladilar.
Qatlima xat yozib afloku nigin anjum o‘lub,
Yuz tuman yerda bu mahzarni nishon ayladilar.
Ne balo erkin ul oykim, ko‘zu qoshin aflok
Fitnai olamu oshubi jahon ayladilar.
Ishq savdosi jahon ichra yoyildi, garchi
Ani savdozada ko‘nglumda nihon ayladilar.
Maxlasim yo‘q tirik andin, ne qilay, ey ashob,
Dard ila ishqi chu ko‘nglumni makon ayladilar.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |