Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

81

Fayz ar o‘tdin yetar, parvez etib ul yer tutar,



Chun nabi sari xayol ichra nachoshi evrulur. 

Ey Navoiy, o‘z quyoshim boshig‘a evrulmagim  

Yaxshiroqkim, boshima gardun quyoshi evrulur. 

154

Birov g‘ami yana ko‘nglumga qo‘zg‘olon soladur,  

Birov demayki, bu oshubni falon soladur. 

Necha yaqin bo‘ladur ul og‘iz yo‘qi, lekin 

Takallumi yana ko‘nglum aro gumon soladur. 

Taajjub aylamangiz daf’a-daf’a faryodim

Ki, shavq ko‘ngluma yodin zamon-zamon soladur. 

Rafiqlar, bilingizkim, musofirim yodi

Boshimg‘a har nafase tarki xonumon soladur. 

Desak, shikib bila o‘zni zabt aylay, ishq 

Yana bu shu’lani ko‘nglumga nogahon soladur. 

Ne naz’ bulbuli zor etmasun fig‘onki, sipehr  

Bu gulshan ichra, bahor o‘lmayin, xazon soladur. 

Navoiy o‘lsa ko‘han piru kuysa,  ayb etmang 

Ki, mundoq o‘t anga bir sho‘xi navjuvon soladur. 

155

Ne pariydurkim, xirad asxobini majnun etar,  

Husni har soat ko‘ngul holini digargun etar. 

Mayg‘a mashg‘ul aylaram o‘zni, vale ko‘nglum yana  

Kim, ul oy vaslini yod aylar, meni mahzun etar. 

G‘am yuki ko‘nglumga har soat qo‘yar ko‘hi balo,  

Garchi ashkim sayli har dam tog‘ni homun etar. 

Pand ila ishqimg‘a har kim, desakim, taskin beray,  

Ohkim, bu o‘tni dam birla yana afzun etar. 

Jomi vahdat no‘sh etar, ey shayx, mug‘ dayri aro,  

Bodag‘a ulkim riyoiy xirqasin marhun etar. 

Dayr piri ozu nofi’ nukta der, voiz, ne sud,

Gar dame afsona aytur, lahzae afsun etar. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling