Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

84

Dahr bog‘ining gulida yo‘q vafo, bu turfakim,  



Sarzanishqa xorii yuz ming til bilan tannozdur. 

Bo‘ldi gulshan qushlari xomush nolang huznidin,

Ey Navoiy, bu ne gulbongu hazin ovozdur. 

160

Yuzung ravshan, enging ham ravshan, ey hur,  

Alarning shonida nurun alonur. 

Iki qotil ko‘zung bemorimenkim,  

Erurlar ayni usruklukda maxmur. 

Chu bo‘ldi javri bemiqdor, derlar:  

Kech andin, vah, manga bu ish ne maqdur. 

Aning husnicha ishqim tutti shuhrat  

Ki, bo‘ldi sham’icha parvona mashhur. 

Ne tong biym o‘lsa ishqingdin ko‘ngulga  

Ki, bor o‘tdin harosan tab’i mahrur. 

Xiradqa bizni targ‘ib etma, ey shayx,  

Bu ishdin tut junun ahlini ma’zur. 

Visol et elga qism, ey charx, baskim,

Navoiy mahvashidin bo‘ldi mahjur. 

161

So‘zi hajring ichra jismi zori g‘amnok o‘rtanur,

Uylakim, barqi balo choqilsa, xoshok o‘rtanur. 

G‘am tuni ul husn sham’i boshig‘a parvonadek,  

Evrulub har lahza bu joni havasnok o‘rtanur. 

Kuydi ko‘nglum istabon ishqin fidoilig‘ bila,

Kimsa o‘t uzra nechakim borsa bebok, o‘rtanur. 

Subhidam gulgun bulut yo shom ham gulgun shafaq,  

Yo ul oy hijronida holimg‘a aflok o‘rtanur. 

Ishq ko‘nglumga tushub, nobud bo‘ldi ruhu nafs,

O‘t chu bir kishvarga tushti — poku nopok o‘rtanur. 

Chustluq birla qutulmoq ishqidin mumkin emas,  

Necha bo‘lsa shu’lada parvona cholok, o‘rtanur. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

85

Ey Navoiy, ul quyosh husnini fahm ettim dema  



Kim, aning darkida xayli hissu idrok o‘rtanur. 

162

Qayda topqay telba ko‘nglum ul qora ko‘zdin xabar,  

Chun junun ichra qorarib, topmas ul o‘zdin xabar. 

Dayr toqi ichra usruk bil xabarsiz kofire, 

Eyki bilmak istading ul qosh ila ko‘zdin xabar. 

Ko‘yida ko‘nglumga voqi’ bo‘lg‘an ishni, ey  rafiq,

Ham magar fahm aylagaysen el aro so‘zdin xabar. 

Fahm etarmen ashkdin hijron tariqin, uylakim,  

Kecha ozg‘an topsa yo‘l holini yulduzdin xabar. 

Ishqi dashti ichra jismim tufrog‘in sovurdi oh,

Hech kim borib vale tutmadi ul tuzdin xabar. 

Vodiyya hijron aro men bekas ittim, so‘rmadi  

Hech yori ul taraf borib, bu yolg‘uzdin xabar. 

Topmadim burqa’da ul  yuzdin xabar, gar pardada,  

Ey Navoiy, yor topti men kebi yuzdin xabar. 

163

Oytmon ko‘zu ko‘ngul matlubi ko‘yung bog‘idur,  

Bu biriga xori, ul birga g‘araz tufrog‘idur. 

Koshi hajrinda yangi oy shaklidin furqat tuni,

Ko‘nglum afgor etkali go‘yo falak tirnog‘idur. 

Sarvig‘a tortib qabo, chekkan  quyoshqa  soyabon,  

Chobukim bo‘yida shirdog‘, boshida qalpog‘idur. 

Demakim: bo‘ldung qariyu, o‘tti davri ishqkim,

To tirikturmen menga ishqu muhabbat chog‘idur. 

Bilgurur parvonaniig bolida humrat birla  xol,  

O‘ylakim, ko‘nglumda  hasrat qoni, furqat dog‘idur. 

Dahr gulzorn aro hasrat yelidin har taraf  

Tomdi bulbul ko‘ngli qoni, dema gul yafrog‘idur. 

Ey  Navoiy, ko‘nglum olib itlariga tashlasa,

Ko‘ngul  aning barcha  maqsudum  ko‘ngul olmog‘idur. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling