Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

94

Chekmaki gar mehnatu bedod bu miqdordur. 



Ey xusho, xumxonakim, qilg‘anning anda tarki hush,

Ko‘k xumidin har nekim kelgay, farog‘i bordur. 

Muncha dardu g‘ussadin maxlas topar yer istasang,

Ey Navoiy, bilki, ul yer kulbai xammordur. 



181

Hureki, mening jonima ofat yetilibtur,

To‘bi kebi qad birla qiyomat yetilibtur. 

Ushshoq ko‘zidin durru gavhar oqizurg‘a  

Bir bahri jafo, koni malohat yetilibtur. 

La’ling mayikim so‘rg‘ali devona bo‘lubmen,  

Shirin ko‘rinur, lek bag‘oyat yetilibtur. 

Ishqing chamanida ne tarab shoxiki, ektim,

Har birisi bir naxli nadomat yetilibtur. 

Yuz zarracha sargashtaligim bo‘lsa ne tongkim,

Yuz mehrdin ul sho‘x ziyodat yetilibtur. 

Bu bog‘ aro qolmaydur ajal yelidin ozod,

Har gulgaki savsan kebi qomat yetilibtur. 

Hijron g‘amidin vahm etu shukr ayla, Navoiy,  

Bu lahzaki, vaslig‘a salomat yetilibtur. 

182

Ichkali gulrang may nargis masallik jomi bor,

Savsani to‘n birla ulkim sarvdek andomi bor. 

Gulshan ichra sarvi ra’nodek qilib har yon xirom,

Mavzi’i dilkash aro may ichkali oromi bor. 

Bodai sofi chekib ahbob ila g‘ofil valek  

Kim, yiroqtin dog‘i bir mahrumi xunoshomi bor. 

Bu jafo ahli vafoni qildi maydek talxkom,

Kim qoshinda kirsa har noahli maydin komi bor. 

Men yutub xunoba yillar, el chekarlar jomi aysh,  

Chora yo‘q ulkim, azaldin baxti nofarjomi bor. 

Chun vafo ahlig‘a davron tutmadi jomi murod  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

95

Kim, murod andin tama’ aylar, xayoli xomi bor. 



Ey Navoiy, gar fano dayri sari qilsang guzar,

Dayr pirining yamon-yaxshig‘a lutfi omi bor. 



183

Har kishikim, bir so‘z ul badmehrdin taqriri bor,

Holatimning tokim ul taqrir etar tag‘‘yiri bor. 

Muhtariz bo‘l shu’lai ohimdin, ey gul xirmani  

Kim, choqin xirmong‘a tushkanning ajab ta’siri bor. 

Ko‘ngluma yo‘q chora o‘rtanmakdin o‘zga ishq aro,  

G‘ayri kuymak mo‘rning o‘t ichra ne tadbiri bor. 

Hindui zulfikim, ul yuz taxti farmonidadur,  

Joduedurkim, anga go‘yo pariy tasxiri bor. 

Sabzai xatting erur har sari zulfung toridin,  

Xatti zangoreki, mushki nob ila tahriri bor. 

Faqr dashti ne qotiq yo‘ldurki, solik har necha  

Qilsa diqqat birla haq amrin ado, taqsiri bor. 

Gar Navoiy jon berib, ul zulfining har torini  

Olsa, ayb etmangki, bu savdo aro tavfiri bor. 

184

Gulni naylay, xotir ul ruxsori gulgun saridur,  

Qo‘y gulafshonni, ko‘ngul bog‘i humoyun saridur. 

Chekti qatlim tig‘ini gardunu men ham oh o‘qin,

Ohkim, qatlimg‘a ohim dog‘i gardun saridur. 

Ko‘zlaring devona ko‘nglum jonibin tutti, ne tong, 

Ishq dashtida kiyiklar xayli Majnun saridur. 

Nomasin ko‘rgach nedin ko‘zu ko‘ngulga bo‘ldi rashk

Kim, agar ul bo‘lsa xat sari, bu mazmun saridur. 

El qading zikrin qilurda oqsa yoshim tong emas,  

Tifli sofiy tab’ mayli so‘zda mavzun saridur. 

Podshohekim qanoat maxzanin istar, erur  

Bir gadodekkim, xayoli ganjn Qorun saridur. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling