www.ziyouz.com kutubxonasi
92
Do‘stlar, mumkin emas bo‘lmoq muyassar vaslkim,
Men anga dilxoh emoi, ulkim manga dilxohdur.
To tirikdur, shahg‘a ko‘praktur gadodin dardi sar,
Chun o‘lum vaqti yetar— tengdur gado, gar shohdur.
Dayr piri ollida qilsam gadolig‘, ayb emas,
Ey Navoiy, bilki fayz ahlig‘a shayallohdur.
177
Boshimg‘a kuyida har dam g‘ulu qilur itlar,
Gar o‘lmasam, bu g‘uluni nag‘u qilur itlar.
Magarki, g‘urbat aro zor o‘lmakimdindur,
Figonki, bir-biriga ro‘baro‘ qilur itlar.
Osib bo‘yinlarig‘a kiz azo uchun juldin,
Tong otqucha boshima navhamu qilur itlar.
Tutarg‘a motamim, oyo, yig‘ildilar yoxud
Qilurg‘a tu’ma tanim orzu qilur itlar.
Kuyub dumog‘lari, g‘ingshibon qochar har yon,
Yemakka jismim etin, chunki bo‘ qilur itlar.
Fano yo‘li kiyikni ayla sayd, sher ersang
Ki, dahr jiyfasini jo‘stujo‘ qilur itlar.
Navoiy uzra hujum aylasa raqiblaring,
Ne tong, gadog‘a hamisha g‘ulu qilur itlar.
178
Zulfung ustida gajak qulloblar taqlididur,
Yo‘qsa, kilki sun’din ul turraning tashdididur.
Istadim chun vasli zulfu qaddidin ko‘rguzdilar,
Jilva takrori magar ul naf’ining ta’kididur.
Ul pariy ishqida naylab qilg‘amen tarki junun
Kim, bu ishta bo‘ynuma tushgan junun ta’vizidur.
Ishq aro Farhodu Majnun qatlini qilmoq bayon,
Yordin go‘yo meni qatl aylamak tamhididur.
Kufri zulfi ichra har soat rusuxim uylakim,
Dam-badam ahli yaqin imonining tajdididur.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |