Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

187


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

97

Xasta ko‘nglum azm etar ul sarikim, jonon borur,  



Dam-badam jon ham chiqar, go‘yo bu ham ul yon borur. 

Ko‘nglum ichra to‘qtamas la’ling xayoli bir zamon,  

Ne ajab o‘lsam, bu zaxmimdin chu har dam qon borur 

Ondakim sensen yetar beshak fig‘onim, ey quyosh,  

Men bora olmon, netay, ul yerdakim, afg‘on borur. 

Qomating jon qasdi etsa, kirpikingdur rahnamoy,  

Har qayon o‘q borsa, aning ollida paykon borur. 

Yod etarlar vodii ishq ahli Majnun sayrini,

Bexabar har yon quyundekkim, bu sargardon borur. 

Yo‘ldin oxir surma sultonmen debon darveshni,  

Yod et: ul yo‘ldinki ham darveshu ham sulton borur. 

Hajrdin andoq zaif o‘lmish Navoiy, ey pariy  

Kim, qayonkim borsa sendek xalqdin pinhon borur. 

188

Ko‘nglumni figor ettingu jonimda balodur,  

Bilmon yana, ey sarv, boshingda ne havodur. 

Qoshingda girih, yuzungga ter, ollinga sandal,  

El jonig‘a ul shaklni, bilmon, ne balodur. 

O‘z darding unut bo‘lg‘ay agar shammae bilsang,  

Hajring tuni ichra bu uqubatki mangodur. 

Jon evrulubon boshinga sen chirmab o‘zungni,  

G‘uncha kebikim, girdida sargashta sabodur. 

Ko‘nglum solibon nabz kebi borur ilikdin,  

Nabzing sari ko‘rsamki tabib ilgi borodur. 

Afg‘onki, xazon mehnatidin qolmadi solim,

Har sarvi gulandomki bu gulshan arodur. 

Yo rabki, Navoiy g‘amu dardig‘a davo ber  

Kim, yor salomatlig‘i dardimg‘a davodur. 

189

Ko‘zum yoshiki yurak qonig‘a tutosh ko‘runur,  

Berur qonimg‘a tonug‘luq, agarchi yosh ko‘runur. 

Labini so‘rg‘ali aqlim junung‘a bo‘ldi badal,




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling