Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

78

Faqr vodiysida chun urdung qadam, o‘zlukni sol:  



Yo‘l uzundur, bu og‘ir yukni ko‘targan tovshalur. 

Ey Navoiy, to tiriksen, tortqung eldin jafo,

Sovug‘ach hangomai ishqing, bu g‘avg‘o tarqalur. 

148

Birov tig‘i firoqi, vah, yana ko‘ksumni chok aylar 

Ki, ham zaxmi, ham ixfosi, ham izhori halok aylar. 

Magar istab itiga tu’ma ko‘nglum birla bag‘rimdin

Birin pargola-pargola,  birisin chok-chok  aylar. 

Ne muhlik dard erur ko‘nglumdakim, afg‘onima har kim  

Ki, yig‘lar, ishq aning ham fig‘onin dardnok aylar. 

Ajab yo‘q ishqi bebok ilgida mendek asir o‘lmoq  

Kishikim, ishq ko‘yi azmini bevahmu bok aylar. 

Ajab yo‘q vasl xayli tushkali tartib etar manzil,  

Gar ashku oh o‘ti elning ko‘zu ko‘nglini pok aylar. 

Mening boshim kesakcha ham ko‘runmas raxshi ollinda,

Birovkim, tavsani toj ahlining boshini xok aylar. 

Ko‘ngul bog‘ida dardu g‘am niholin ekkali go‘yo,  

Qazo dehqoni har yon o‘qi zaxmidin mag‘ok aylar. 

Xusho ulkim, xazon fasli mayi ol ichsa bog‘ ichra,

Qadah sarpo‘shi xinolig‘ ilikdek bargi tok aylar. 

Bir ahli ishqni yori halok aylab Navoiyni

Bu yanglig‘ yorsiz jon minnatin chekmak halok aylar. 

149

Ey ko‘ngul, dushmanlar oncha makr ila fan qildilar  

Kim, vafolig‘ do‘stni jonimg‘a dushman qildilar. 

Dud boshimdin chiqar, go‘yoki hijron toshidin  

Yog‘durub har yon, bu gunbad uzra ravzan qildilar. 

Boshima jo‘lida soch ermaski, zog‘ aylab g‘ulu,  

Zaxmlardin tu’ma istarga nishiman qildilar. 

Hajri shomidin osib gardun qora kiz bo‘ynig‘a,  

Subh chok aylab yaqo holimg‘a shevan qildilar. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling