www.ziyouz.com kutubxonasi
40
Chobukum raxshini maydong‘a yana surdi choqindek,
Shahsuvori falak urgan kelib oyini jalodat.
Kirpiking o‘qi shahid etti meni, gar tonar o‘lsang,
Ikki xunrez ko‘zung bas manga isboti shahodat.
Har zamon ul sanam ollida, bukim, sajda qilurmen,
Qayda zohidqa berur dast bu shoista ibodat.
Istasang, qilmag‘asen joninga mehnatni ziyoda,
Bo‘lg‘il o‘z qisminga xursandu tama’ qilma ziyodat.
Jurmsiz yor agar o‘lturdi, Navoiy, farah etkim,
Husn xaylig‘a budur shevayu ishq ahlig‘a odat.
76
Ishq tarkiga qilurmen tunu kun ko‘ngluma tuhmat
Ki, otin tutmag‘ay el tutsa bu oyin bila shuhrat.
Gar sabo qilsa madad, evrulay ul boshqa quyundek,
Ko‘yidin gard kebi qo‘pqoli chun yo‘q manga quvvat.
Do‘zax ahlig‘a tamug‘ shu’lasi bo‘lg‘ay dami Iso,
Ko‘rsalar shomi g‘amim dudi aro shu’lai furqat.
Yor ag‘yor ila hamdam, ne ajab g‘ussadin o‘lsam,
Tufrog‘ o‘lg‘an to‘kilib, toshqa yuzlansa bu shiddat.
Tog‘ni dasht qilib, dashtni tog‘ ayladi dardim,
Qilma har dasht, ro‘di ko‘hkan elni manga nisbat.
Ko‘ngulu ko‘z sanga mushtoqu yo‘luqsang, chiroyingdin
Ani behudlug‘ etib bahrasiz, ammo muni hayrat.
Soqiyo, bodaki, davron bila ahliga vafo io‘q,
Sen agar jong‘a o‘t ursangki, erur jonima minnat
Menu mug‘ dayriyu bir mug‘bacha ishqi yuru, ey shayx
Kim, seni masx qilibtur havasi hur ila jannat.
Ey Navoiy, chu navo navha bila bo‘ldi badal, kosh
Bo‘lmag‘ay erdi sanga zuhrajabinlar bila ulfat.
77
Firoqing aro, ey guli sarv qomat,
Ne sarvu ne gul ko‘rgali istiqomat.
Chu ko‘rdi jununum tabib aytdikim,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |