Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
34 Shohmen ishq ichra, mundoq taxt ila afsar topib. Ishq sahrosi aro oqil iturganlar meni Bo‘ldilar navmid bir devonai abtar topib. Yorni garchi talab qilmoq bila topmas kishi, Ham talab aylab va lekin ani tolib gar topib. Shoyad ul mayxora bosh kulbangg‘a suqqay bir kecha, Ey Navoiy, muntazir bo‘l, bodayu sog‘ar topib. 65 Toshlarkim, ul pariy paykar bu majnung‘a otib, Aqlu donish qushlarin ko‘nglum uyidin butratib. Tushta boshim ul sanam ollidadur, ey porso, Qo‘p, namozing vaqti o‘tdi, deb netarsen, uyg‘otib. Istabon Yusuf jamoling qullug‘ining rutbasin, Jilva ko‘p qildi safo bozorida, o‘zin sotib. Ul quyosh hajrinda jismim bovujudi ayni za’f, Yerga har dam bosh urub andoqki, yerni titratib. Ko‘yida o‘lsam, abad umricha bor ul umr, agar Qilmasa xorij tanimni, itlariga sudratib. Eyki, hajringda meni yuz hasratu armon bila Qatl qilg‘ung, bori bir qatla yuzungni ko‘rsatib. Jurm aning ishqidin o‘zga yo‘qki, har dam kezdurur, Ishqi mulki to‘rt bozorida bo‘ynum bog‘latib. Dayr aro men mastu nozuk xo‘yidin ul mug‘bacha, Bazmdin qovlar meni gah sudratib, gah qo‘ldatib. Zohido, berma manga ko‘p pandkim, hayvoncha bor Telba itni oqil inson istagan aql o‘rgatib. Ko‘rmaku o‘lmak Navoiyg‘a ne tong, ey do‘stlar, Kirsa maydon ichra ul qotil samandin o‘ynatib.
Kulub chu la’lingu el ilgidin piyola olib, Yig‘ida titramakimdin so‘ngaklarim ushalib. Pariy kelib sanga qilmoqqa husn da’vosi, Seni chu ko‘rgach itib, baski, xalqdin uyalib.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 35 Mahalli muhlik o‘lub shomi furqatim, baskim, Nachukki, sunbuli zulfung qoraribu uzalib. Ko‘ngul halok erur g‘amzang o‘qlari birla, Nachukki sayd yiqilg‘ay, xadanglar qadalib. Qarib ne holg‘a qoldimki, yor qilmas rahm, Nachukki tifl kebi zor yng‘lasam, inalib. Visol bog‘ini so‘rmangki, men ne bilgaymen, Firoq mulkida zindoni hajr aro qobalib. Ne sho‘xdurki, surar tund markabin, boqmay Ki, bedili yiqilur, lahza-lahza bag‘ri tolib. Alarki chiqdilar eldin, qutildilar g‘amdin, Kim ul arog‘a qolib, men kebi balog‘a qolib. Nechaki qovsa Navoiyni itlaring har dam, Chu g‘ofil aylab alarni, o‘zin arog‘a solib.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling