Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

33

Har qachonkim turubon boda ichib,  



Jur’asin xonabarandoz aylab. 

Javr uchun ahli vafokim ayirib,  

Barchasidin meni mumtoz aylab. 

Turfaroq bukim, aning keynicha-o‘q,  

Jonu ko‘nglum qushi parvoz aylab. 

Ne gunah ko‘zga nazardinki, qazo

To ochib ani nazarboz aylab. 

Garchi holimni Navoiy yoshurub,

Ishq anga ashkni g‘ammoz aylab. 

63

Bizni zor etti bu ra’no mutrib,

Nag‘ma birla tarabafzo mutrib. 

Nechakim nag‘ma chekib Dovudday,

Damda andoqki, Masiho mutrib. 

Zuhra to nag‘masarodur andoq,  

Bo‘lmadi davrda paydo mutrib. 

Bo‘lsa xurshid atovu Zuhra ano,

Tug‘magay sen kebi zebo mutrib. 

Seni to ko‘rdum, icharda mayi nob,  

Tilamas xotirim illo mutrib. 

Ey xush ulkim, ani bu bazmda may  

Qilmadi bexudu shaydo mutrib. 

Buylakim, bo‘ldi Navoiy uryon,  

May bu nav’ etti ani yo mutrib. 

64

Bordi ko‘nglum hushi ishqing o‘tidin axgar topib,  

Bir  gado yanglig‘ki, o‘lgay, qiymati  gavhar topib. 

Sabzai xatting erur shirin labing atrofida,  

Xayli to‘tikim hujum aylabturur, shakkar topib. 

Ul pariy uchti ko‘zumdin, ko‘nglum aylar orzu  

Kim, aning sari havo qilg‘ay, o‘qidin par topib. 

Boshima qush oshyonidur, dog‘i ostimda tog‘,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling