Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Qilg‘ali may bila gulgul yuzin ul no‘shinlab,
Lolagun bo‘ldi quyosh orazi kavkab-kavkab.
Sendin ul kom xayol etmamisham, ko‘nglumakim,
Qilsam izhor ham o‘lg‘ay demaki, tarki adab.
Jon labing oshiqiyu zikri mudom og‘zimda,
Rashkdin jonim agar og‘zima kelsa, ne ajab.
Keldi Shirin bila Layli sanga hayron, garchi
Bu ikav hasratida erdi Ajam birla Arab.
Ayladim tavba nedinkim, g‘amim andoq g‘am emas
Ki, may ichkan bila bo‘lg‘ay manga har lahza tarab.
Ko‘yidin ketmaku o‘lmak manga teng bo‘lsa, ne tong
Kim, jalo harflaridurki, ajal topti laqab.
Dahr aro ayshu nashot istasang, o‘lg‘ung mahrum,
Negakim, anda nasib o‘lmadi juz ranju taab.
Aqlkim, barcha xirad ahlig‘a erdi ustod,
Bo‘ldi ishq abjadi ta’limida tifli maktab.
Bil Navoiyki, talab birla topilmas maqsud,
Lek topqanda dog‘i bor edi albatta talab.
46
Qachon maktabda ul mohi muaddab
Borur, o‘zdin borurlar ahli maktab.
Bo‘lur lavhi zabarjad ahli hayron,
Chu olur ilgiga lavhi muzahhab.
Degach abjad, boshig‘a evrulurlar
Qamar birla quyosh, ya’ni jadu ab.
Nechukkim maktab atfoli xurushi,
G‘amidin xalq aro faryodu yo rab.
Muallim qullug‘ig‘a xat berurmen,
Gar ozod o‘lsa ul sarvi shakarlab.
Dabistoni fanoda shurb darsin
Ravon qilmay, emassen ahli mashrab.
Navoiy ashkidin to shom anjum
To‘kar, chiqqaymu deb ul sa’d kavkab.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: