Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
Iki ruxsoring erur xo‘bu xatting ham marg‘ub,
Xo‘blardin neki bosh ursa, erur beshak xo‘b.
Toki sevdim seni, javringni dog‘i sevmishmen,
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub.
Rishtai jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.
Xasta dillarg‘a ne jon olg‘uchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi, ko‘rgach ani ahli qulub.
To labing volahi bo‘ldum, tilamon obi hayot,
Suni naylar kishikim, bodag‘a bo‘lg‘ay mag‘lub.
Ahli ishq ichra manga yoqma vara’ tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahlig‘a bizni ma’yub.
Istasang mulki baqo, salb qil o‘zlukni burun
Ki, suluk ichra fano ahlig‘a budur uslub.
Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga, bizga ham uldur matlub.
44
O‘rtasa ishq meni, so‘rma sabab:
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab.
Choklik jon qolur o‘tu su aro,
Chun mayoluda bo‘lur ul iki lab.
Ayog‘ing tufrog‘in o‘psam basdur,
Ber ayog‘ingni desam — tarki adab.
Uyla, dardu g‘aminga o‘rgandim
Kim, unut bo‘ldi manga ayshu tarab.
Zulfida zor ko‘ngul ranji ne tong,
Xastag‘a ko‘prak o‘lur kecha taab.
Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.
Jon topib zor Navoiy qo‘pqay,
Tufrog‘i ustiga sursang markab.
Do'stlaringiz bilan baham: