Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Yo HARFINING YaG‘MOYLARINING YuZ  KO‘RGUZMAKLARI «FAVOYID»DIN


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

Yo HARFINING YaG‘MOYLARINING YuZ  KO‘RGUZMAKLARI «FAVOYID»DIN 

575

Ey yuzung ustida ter gulbargi uzra shabname,  

Lek har bir qatradin bo‘lub guliston olame. 

Qatradin olam guliston bo‘lmag‘i tong yo‘qki, bor  

Bahri rahmat orazing bog‘ig‘a tushkan shabname. 

Gul nedin yer tutti el boshida solu mehrdek

Topmamish bo‘lsa riyozingning shamimidin shame. 

Ko‘kka chun eltib malak raxshing g‘uborin topmayin,

Zuhra andoq surmai, Kayvon aningdek parchame. 

Yo‘q ajab, otingg‘a gar muhri nubuvvat bo‘lsa xatm  

Kim, nubuvvat halqasida yo‘q seningdek xotame. 

Sochqay erdi chashmai xurshiddin hayvon suyi,  

Hamdaming bo‘lsa edi Isoi ruhulloh dame. 

Chun Navoiy na’ting ayturg‘a tilar bo‘lg‘ay ilm,

Ne ajab gar bo‘lsa bot olimlar ichra a’lame. 

576

Chu har dam ul pariy begona bo‘lg‘ay,  

Yaqindurkim, kishi devona bo‘lg‘ay. 

Shabiston ichra sen ul sham’senkim,  

Kavokib davrida parvona bo‘lg‘ay. 

Ko‘rub xolingni bildimkim, qurutqon  

Shikibim mazra’in bu dona bo‘lg‘ay. 

Mayi la’lingdin ulkim, bo‘ldi ranjur,  

Anga dorush-shifo mayxona bo‘lg‘ay. 

Ne yer bo‘lg‘ay dema ming g‘amg‘a manzil  

Ki, gar bo‘lg‘an bizing vayrona bo‘lg‘ay. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling