Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

290


Yenida oy ollida xurshid erur har kimsakim,

Goh bo‘lsa dilbarining yonida, goh ollida. 

Ko‘z yumub ochquncha garchi ko‘nglum olib o‘rtadi,  

Vah, netib asray ko‘ngulni buyla dilxoh ollida. 

Oy falak xirgohida andin chekar yuzga sahob,  

Kim ocha olmas yuzin ul mohi xirgoh ollida. 

Husn shohi boyu men munglug‘ gadolig‘ qilmasam,  

Kimni topib  aylagaymen shayalilloh ollida. 

Ulki, vahdat sharhin aylar, sirridin ogoh emas,  

Gar fano kasb etmagan bo‘lsa bir ogoh ollida. 

Ishq iqboli Navoiyg‘a ekandur sarnavisht,

Ko‘rmay o‘lmas ulki, mehnat bo‘lsa yo joh ollida. 



570

Gulekim, yor bergay men kebi uryon gadolarg‘a,  

Magarkim, sanchqaymen ani bosh uzra yarolarg‘a. 

Ne gul, tufrog‘ keltursa sabo, ko‘zlarga tortarmen,

Samandi yo‘lidin tarjih aylab to‘tiyolarg‘a. 

Ko‘zu qoshini to ko‘rdum — ko‘zum qoshig‘a hayrondur,  

Yana hech iltifotim yo‘q ko‘zu qoshi qorolarg‘a. 

Chu ul begonavashdin oshnolig‘ ko‘rdum, aylabmen  

O‘zumni bir yo‘li begona barcha oshnolarg‘a. 

Ani haq asrasun bir o‘zidekka mubtalolig‘din,

Tarahhum aylasa gohi o‘ziga mubtalolarg‘a. 

Jafosin garchi ko‘p tortib, vafo qildim, talofiydur,  

Gar etsa bir vafo o‘tgan zamon qilg‘an jafolarg‘a. 

Necha husn ahlidin yog‘sa balo, ushshoq tortar, vah,  

Balokash el tahammul aylamay netkay balolarg‘a. 

Menu may g‘ulg‘uliyu sho‘x soqiy hukmi ijrosi,  

Sola olmon quloq davr ahli aylar mojarolarg‘a. 

Zamona shug‘li tavqi la’natin solg‘an bo‘yunlardin,  

Ajab yukdin o‘zin qutqardilar, yuz rahmat olarg‘a. 

Hamono g‘ofil o‘ldi podsholar podshohidin,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling