Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

286


Valek jilvasidur haddi e’tidol ichra. 

Nihol qaddin iki zulf sunbulida ko‘rung,

Alif kebiki, qazo qilki yozdi dol ichra. 

Chaman aro qizarur, sarg‘arur guli ra’no,

Magarki, qoldi jamolingdin infiol ichra. 

Degilki, xolidag‘i nuqtasi bo‘lur zohir,

Tutarg‘a rang qo‘yar chunki nuqta xol ichra. 

Quyosh hayot suyinda ko‘rundi yo soqiy,  

Jamol aksini soldi mayi zulol ichra. 

Zamona ahlida yo‘qtur vafo, ani tilama

Ki, qolmag‘aysen ani topmasang, malol ichra. 

Chu savtu harf ila tavhid sirri mumkin emas,  

Ne ogah ahli jadal muncha qilu qol ichra. 

Navoiy ilgini tutqilki, vasling ummidi  

Solibturur ajab andishai muhol ichra. 

562

Raqib kelmagi ul no‘shi lab sanam birla,  

Erur nechukki, birav umr topsa g‘am birla. 

Ne umrdur buki, men g‘am bila kechurgaymen,  

Nechuk ichar kishi hayvon suyini sam birla. 

Alam chu yetti, ketar ishq lazzati jondin,

Kishi ne nav’ qilur ayshni alam birla. 

Yetishsa yor raqibi, meni chekar so‘z ila,  

Ne ganjdurki, yutar ajdahosi dam birla. 

Bu guliston aro chun xorsiz gule butmas,

O‘zungga aylamagil xorliq sitam birla. 

Nechuk qul o‘lmag‘amen dayr pirig‘aki, necha  

Ki, kamlig‘imni ko‘rar, o‘tkarur karam birla. 

Navoiy og‘zi xayolig‘a tushti, istamangiz  

Ki, tushti emdi yo‘li vodiyi adam birla. 

563

Necha qamchi tushubtur ul qadi siymin badan uzra,  

Payopay sonqa tushkan kebi sarvu suman uzra. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling