Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
285
Bilgay ulkim manzil etkay xotiri vayronima
Kim, ajab dushvorlig‘lardur balokash jonima.
Hajr dashtida hamono berkitibtur bir balo,
Har tikankim nesh sanchibtur tani uryonima.
Dardu g‘am ahli o‘lum holi bo‘lurlar chiqqucha,
Kirsalar holim so‘rarg‘a kulbai ahzonima.
Bag‘rimu ko‘nglum g‘amu dardig‘a taskin bergali,
O‘lturubturlar baliyat o‘qlari har yonima.
Buki bag‘rim qon edi, qatlimg‘a xud hajr erdi bas,
Rashk o‘qi ham hojat ermas erdi kirmak qonima.
Qilma ko‘p oshufta ul zunnori zulf, ey mug‘bacha
Kim, tugunlar tushti andin rishtai imonima.
Ey Navoiy, men xud o‘ldum olg‘ali ko‘nglumni yor,
Jonni dog‘n olibon, yetkur ko‘ngul olg‘onima.
560
Ishq ko‘p soldi meni dardu baliyat chohig‘a,
Vahki, emdi sudratur hijron siyosatgohig‘a.
Ey xush ulkim, aylay olg‘ay o‘ltururda dardi ishq,
Bir tazallum shohig‘a yo bir vasiyat mohig‘a.
Ul quyosh har yonki borsa, soya hamrohi aning,
Soyadek behol o‘lurmen rashkdin hamrohig‘a.
Qo‘rqaramkim, yetmagay holimg‘a may nisyonidin,
Nechakim, bor e’timodim xotiri ogohig‘a.
Yo rab, u bedilki, bir dilxoh aning matlubidur,
Ani ham yetkur meni bedil kebi dilxohig‘a.
Uyladurkim, sotibon Yusufni olg‘ay siymqalb,
Kimki matlubnn qo‘yub, mayl etsa dunyo johig‘a.
Bir bihishtiy hur hajridin tamug‘ning dudidur,
Boqsang o‘tlug‘ ko‘nglidin chiqqan Navoiy ohig‘a.
561
Netib o‘zumni tasavvur qilay visol ichra,
Dalir chun boqa olmon anga xayol ichra.
Qadi latofati bor e’tidoldin ortuq,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: