Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

283


555

Har oyki g‘ayrima bir zarra mehri fosh o‘lsa,

Aning sari boqa olmon, agar quyosh o‘lsa. 

Ko‘zumda ashkdek ul tifl parvarish topmish,

Nazar haqini kerak bilsa necha yosh o‘lsa. 

Visol umidiga o‘zni yaqin solur oshiq,  

Firoqdin necha javrinda davr bosh o‘lsa. 

Ne tong,  firoqi bag‘ridin xaroshliq chiqmoq,  

Birovki, bag‘rida g‘am changidin xarosh o‘lsa. 

Bahorim o‘ldi chu gulchehra sho‘xlar, ne ajab,

Yog‘ar nima boshima jolavor tosh o‘lsa. 

Xush ulki, tog‘ etagin tutsa xalqdin qochibon,  

Uzalsa ostida xoro anga firosh o‘lsa. 

Demang, Navoiy, agar yoring o‘lsa qatlnng etar,  

Nekim murodidurur uyla qilsa, kosh o‘lsa. 

556

Eyki, yuz ming dog‘ qo‘ydung jismi g‘amparvardima,  

Bilki, bo‘lmish har biri oxir davo bir dardima. 

Xajr aro holim gahe behushluq, gah g‘am yemak,  

Ishqing iqbolida qil nazzora xobu xo‘rdima. 

Toza qonlig‘ dog‘ isi ko‘nglum aro muhlikdurur,

Atri ruhafzo ko‘rung g‘am bog‘i ichra vardima. 

O‘yla xoki jism ila ketmak tilarmen dahrdin

Kim, ajal ham yetmagay sur’atlar aylab, gardima. 

Sovug‘ ohim hayrati ishq ahli ko‘nglin o‘rtadi,  

Turfa ishdur el ichin kuydurmak ohi sardima. 

Dahr bog‘inpng hazoni yafrog‘idur qon yoshim,  

Obkash yanglig‘ki, xatlar chekti ro‘yi zardima. 

Yel kelturgach ko‘yi tufrog‘ini, toptim shohlig‘,

Ey Navoiy, qil tamosho ganji bodovardima. 

557

Qo‘ydi usruk yuzni bu xoki tani bemorg‘a,  

Sham’ yanglig‘ki tayamishlar ani devorg‘a. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

284


Anjum o‘lsa mehr uza, oncha ko‘runmas lutf aro  

Kim, gahi ter qatrasi ul mehrvash ruxsorg‘a. 

Ul ko‘z ermaskim, chekilmishdur uchi zulfung sari,

Kofiredur, olg‘ali mayl aylamish zunnorg‘a. 

Qildi olamni guliston, ulki gulgun raxsh uza,  

Chiqti gulgun to‘n kiyib, gul sanchibon dastorg‘a. 

Dahr tufroqig‘a mehnat sabzasi bosh chekti boq,  

Har taraf paykon uchi chiqqan tani afgorg‘a. 

Husni davroni o‘tar barham bo‘lur, ey sarvi noz,  

Zor ko‘nglumni ko‘rub, mayl etmasang ozorg‘a. 

Istadi foius aro surat kebi sargashtalik,

Elga ulkim, davr berdi gunbadi davvorg‘a. 

Yor yo‘q olamdakim, bir yor sirrin asrag‘ay,  

Bas ajab sirredururkim, el degay ag‘yorg‘a. 

Ey Navoiy, xonaqahda ko‘rmading juz dardi sar,  

Ani daf’ aylarga yuzlan kulbai xammorg‘a. 



558

Soluram ruq’asini ko‘ngluma urg‘ach yora,  

Uylakim tom shikofi aro kog‘az pora. 

Meni Farhod ila Majnun dog‘i istab topmas,

Tog‘u homun aro to ayladi ishq ovora. 

Ey Masih, urma nafaskim, sovurur gardimni,  

Ishq maqtulig‘a kim aylay olibtur chora. 

Charx tosh yog‘durubon, yerga ko‘milmish jismim,

Yosag‘on anglama qabrimda o‘kulgan xora. 

Ey munajjim, gar ul oy sabru sukunum xabarin

Demasang, yer quyi ham sobitu ham sayyora. 

Gar vafo bo‘lmasa davr ahlida, tong yo‘qki, hanuz  

Qilmamish charx vafo sog‘arini inkora. 

Gar Navoiy g‘am aro qoni qurub, bo‘ldi halok,  

Ne ajab, dilbari bir qotil erur xunxora. 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling