www.ziyouz.com kutubxonasi
322
Bu a’zamliq bila aylar muallaq charxi miynoni.
Iki bu nav’ g‘olib xasm o‘lumtuk mo‘r qatlig‘a,
Chu jozim bo‘lsalar, hayhot, miskin mo‘rning qoni.
Men andoq mo‘rdurmenkim, ayoq ostida qolmishmen,
Ko‘ngul mulkini buzg‘anda sipohi ishq tug‘yoni.
Chu tufrog‘ ichra bo‘ldi muzmahil mo‘ri zaif, o‘lmas
Ani topmoqu gar topilsakim, topqay Masihoni.
Kel, ey soqiyu bu andishalardin bizni qutqarg‘il,
Vafo jomini tutkim, bevafodur charx davroni.
Ilikdin bermagil may zavraqin bu davr aro, eykim,
G‘ariq aylarga yetkurmish seni g‘am bahri to‘foni.
Navoiy ishqdin ne kelsa, dam urmaki, oshiqqa
Keraktur ishqi pinhoniyu dog‘i ishq pinhoni.
633
Bir yo‘li bizni unutqung bori,
Iltifot etmayin o‘ttung bori.
Va’dalar vaslg‘akim, aylab eding,
Bejihat borin unuttung bori.
Shu’lai vaslni bizdin o‘churub,
O‘zgalar birla yoruttung bori.
Jurmsiz tortib ilikni bizdin,
Muddai jonibi tuttung bori.
Do‘stlar haqqig‘a tuhmat qilibon,
Har ne dushman dedi, buttung bori.
Ey ko‘ngul, hajr aro dedingki o‘lay,
O‘zni may birla ovuttung bori.
Zahri g‘amxasta Navoiyg‘a berib,
Xalq komini chuchuttung bori.
634
Ne pok Majnunki, bir pariy chehra pok husnig‘a zor bo‘lg‘ay,
Bu pok ishq ichra pok jon tarki etsa, ne ixtiyor bo‘lg‘ay.
Sirishku ohim natijasidin uzori ko‘nglumni chekti go‘yo
Ki, ishq obi havosi birla bu nav’ dilkash bahor bo‘lg‘ay.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |