www.ziyouz.com kutubxonasi
320
Qomati ra’no aro gar e’tidoli bo‘lsa, bas,
Hojat ermas istamak sarvi falak farsoyni.
Lu’bati chin gar tilar xoqon, ne tong, gar royi xind,
Sevdi ersa bir malohat shevalik garroyni.
Ey Navoiy, qilmag‘il parvo, ulus ko‘p so‘z desa,
Mug‘tanam tut holiyo ul sho‘xi beparvoyni.
629
Ne gulshanidin atr dimogimg‘a yetishti,
Ne g‘unchasidin nuqta qulog‘img‘a yetishti.
Bor erdi malomat toshi, zanjiri junun ham,
Hajrinda nekim boshtin ayog‘img‘a yetishti.
Qon lolasiton ayladi jismimni sarosar,
Har nishtari g‘amkim yangi dog‘img‘a yetishti.
Ohimdin agar tiyradurur ko‘nglum, emas ayb,
Ne ta’nalar andin bu charog‘img‘a yetishti.
Desam — ne uchun sog‘ari maydpn topar el jon?
Der: bazmda bir qatla dudog‘nmg‘a yetishti.
Mumkin emas andin guli ishrat yana butmak,
Toroji xazon bo‘ylaki, bog‘img‘a yetishti.
Jam’iyat agar topmasa yo‘q ayb, Navoiy,
Bu tafriqakim, ganji farog‘img‘a yetishti.
630
Ko‘zumdur tiyra, ko‘nglum noshikib, ey xotirim komi,
Dame bo‘lg‘il ko‘zum ravshanlig‘i, ko‘nglumning oromi.
Jamoling subhidin kulbamni ravshan qilki, boshimg‘a
Falak g‘amxonasi yemrulgudektur furqating shomi.
Shabistoni visol ichra ne jonon qadrini bilgay,
Meningdek ulki, jonin o‘rtamaydur furqat ayyomi.
Nazarni bog‘u sarvu guldin ar yopsa, ajab ermas,
Nazar bog‘ida ulkim, bo‘lmag‘ay sarvi gulandomi.
Abad umricha gar ko‘rmas, ani o‘lturmak avlodur,
Agar xud qatl uchun oshiqqa yetsa yor payg‘omi.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |