www.ziyouz.com kutubxonasi
317
Ham vujud iqlimidin yuz g‘am ko‘rub bo‘lg‘an jilo,
Ham adam dashtida benomu nishone men kebi.
Tesha birla qozdi tog‘ Farhodu men tirnog‘ ila,
Ey ko‘ngul, mehnat chekarda dema ani men kebi.
Zulm qilmoq ichra yo‘q gar sen kebi ofoq aro,
Zulm chekmaklikda ham olamda qani men kebi.
Olam ahlidin vafo ko‘z tutmakim, kim tutsa ko‘z,
Dardu mehnatdin xalos o‘lmas zamone men kebi.
Eyki, bir mulk ichra chekting javru vodiy topmading,
Tengri mulkidur, borur bo‘lsang qayone men kebi.
Ey Navoiy, yetsa bir eldin baliyat boshinga,
Boshing olib chiqqil ul eldin ravone men kebi.
Men kebi yuz bo‘lmasa, g‘am yo‘qki, qilg‘ach iltifot,
Shoh G‘oziy lutfi aylar har gadoni men kebi.
623
Xurdabinlar fahmi idrok aylamas yor og‘zini,
Xurdayi ma’ni adosi qildi izhor og‘zini.
Neshi no‘sh olud sanchib bargi gul uzra ari,
Fosh etib shirin labin, qildi namudor og‘zini.
Nuqtai mavhum aro qilsun tasavvur suqbai.
Kimki mafhum aylamak istar aning tor og‘zini.
Chun o‘libmen za’fdin, dam yo‘qki, topman tiyralik,
Qo‘yki, qo‘ysun chehra ko‘zgusiga bu zor og‘zini.
Zarra xurshid ichra kirsa, uylakim, bo‘lgay nihon,
Xalqdin yoshurdi ul xurshidi ruxsor og‘zini.
Qo‘yki, o‘z og‘zimni og‘zingg‘a qo‘yay, ey mug‘bacha,
Yo‘qsa kup og‘zig‘a qo‘y men zori bemor og‘zini.
Ey Navoiy, hajr o‘ti sharhida chun surdung hadis,
O‘rtading takror etarda ahli guftor og‘zini.
624
Haftaedur ko‘rmamishmen ul buti cholokni,
Ne ajab, gar o‘rtasa ohim yeti aflokni,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |