Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar  www.ziyouz.com


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

618


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

www.ziyouz.com kutubxonasi 

315


Kelgil, ey oromi jonimkim, tilaydur jon seni, 

Chehra ochkim, ko‘rmak istar diydai giryon seni. 

Ey g‘izoli mushkbo‘, kelkim, quyundek qolmadi  

Vodie axtarmag‘an, istab bu sargardon seni. 

Sen pariy pinhon uchun men ham kamoli za’fdin, 

 G‘oyib o‘ldum el ko‘zidin, ko‘rgali pinhon seni. 

Qon aro gar g‘arqasen, ey ko‘z, ne tongkim, bir boqib  

Zor ko‘nglumni chu qatl etting, tutubtur qon seni. 

Garchi mumkin yo‘q, vale, bir qatla kirsang ilgima,  

Borsa bosh, eldin chiqarmoq o‘zga ne imkon seni. 

Ko‘z yo‘lungdin olmasam, ayb etmagil, ey mug‘bacha,  

Aylay olmon diydadin g‘oyib meni hayron seni. 

Ey pariy, gar telbarab bo‘lmish Navoiy darbadar,  

Bu anga maqsud erurkim, istagay har yon seni. 



619

To parishon qoshlaring oshufta hol etmish meni,  

Notavonlig‘ ichra andoqkim, hilol etmish meni. 

Ko‘zda su, ko‘ngulda qayg‘u, tan zaifu jon nahif,  

Ey musulmonlar, ko‘rung hijron ne hol etmish meni. 

Pand ila zajring jununum daf’i etmas, ey hakim

Kim, pariy ruxsorai Majnun misol etmish meni. 

Jon berib, bir nofai zulfidin dedim savdo qilay,  

Bu sifat savdoyi ul fikri muhol etmish meni. 

Ichkali la’li mayidin hushu aqlim qolmamish,  

Boda mast erdi ajab bee’tidol etmish meni. 

To qadah chektim, qilurlar mendin el kasbi nashot,  

Buyla sa’d ul axtari farxundafol etmish meni. 

Yoshurun may tarki etmon, garchi shayxi xonaqah,  

Ey Navoiy, so‘fiyu zohid xayol etmish meni. 

620

Zaxmima marham yoqib. g‘amgin ko‘ngul shod o‘lmadi,  

Raxnag‘a balchig‘ suvab, vayroiim obod o‘lmadi. 

Ul muvallih charxekim, sovurdi aqlim xirmanin,  




Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling