Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet277/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

316


Bu quyundin qaysi  bir xirmanki,  barbod o‘lmadi. 

Lhli ishq ar men kebi majnun emaslar, ey rafiq,  

Andin erkinkim, alar yori pariyzod o‘lmadi. 

Ey ajal, qatl etmak ol ul g‘amzadin ta’limkim,  

Qilmag‘an shogirdlig‘ hech ishta ustod o‘lmadi. 

Ko‘nglidin bo‘lmas muhabbat javharin qilmoq tama’,  

Har nechakim, yumshasa, bir yo‘li po‘lod o‘lmadi. 

Zohidi nodon g‘amim oshubidin har dam kular,  

Xurram ulkim, ishq atvorida mu’tod o‘lmadi. 

Ey Navoiy, o‘lsam ul tarso uchun, ayb etmakim,  

Dayr piridin manga juz bu fan irshod o‘lmadi. 

621

Bo‘lmasam oshiq, fig‘onim zor bo‘lg‘aymu edi,  

Kuymasam pinhon, ichim afgor bo‘lg‘aymu edi. 

Zulfunga vobastayu ko‘zungga vola bo‘lmasam,  

Jon parishonu ko‘ngul bemor bo‘lg‘aymu edi. 

Bo‘lmasa kofir ko‘zung oshuftasi shaydo ko‘ngul,  

Rishtai zulfung anga zunnor bo‘lg‘aymu edi. 

Istabon vasling gulistonin havoyi bo‘lmasam,  

Abri naysondek ko‘zum durbor bo‘lg‘aymu edi. 

Bo‘lsa erdi, ey pariy, ishqing aro ko‘nglumda hush,  

Guftu go‘yum muncha majnunvor bo‘lg‘aymu edi. 

Bilsa erdi ishq aro sirrimni, har bir lafzida  

Yordin juz e’tiroz izhor bo‘lg‘aymu edi. 

G‘uncha kulgusiga, ey bulbul, ko‘ngul gar bermasang,  

Bag‘ringa har gul soyu yuz xor bo‘lg‘aymu edi. 

Ey Navoiy, qilsang erdi ofiyat kunjin vatan,

Muncha munglug‘ joninga ozor bo‘lg‘aymu edi. 

622

Ishq aro kim ko‘rdi, oyo, notavone men kebi,  

Bekasi ovorae, bexonumone men kebi. 

Yot ila o‘zdin shikasta xotiri andoqki men,

Yor ila ag‘yordin ozurdajone men kebi. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling