www.ziyouz.com kutubxonasi
310
To ne afsun qildi ul sohirki, dilkash nomasi
Oldi ham jismim qarori, ham ko‘ngul oromini.
Jomi ishrat tortmoqdin yaxshiroq ish topmadim,
Chunki bu davr ichra topmas kimsa ish anjomini.
Bu kecha qosid malolidin agar vahm etmasam,
Ey Navoiy, kim topa olg‘ay so‘zum itmomini.
609
Ul oykim shomdin to subhgah masti xarob o‘lg‘ay,
Ajab yo‘q, subhdin to shom gar ham masti xob o‘lg‘ay.
Ko‘ngullarni siyosat qilg‘alidur, yo‘q esa nevchun
Yuzi suyida ikki toblig‘ mushkin tanob o‘lg‘ay.
Ko‘ngul zulfung aro talpinsa, hayrat qilmakim, qushning
Ishi chun dom aro bo‘ldi giriftor, iztirob o‘lg‘ay.
Yuzung mehri shuoyi birla ashkim ham erur moni’,
Emas ulkim, jamoling moni’i yolg‘uz niqob o‘lg‘ay.
Labing hajrinda ashk o‘rnida qon yog‘dursam, ermas ayb,
Qizorg‘an ko‘zlarim chun uylakim, rangin sahob o‘lg‘ay.
Qani rangin qadah, chun ko‘nglum o‘lmish dahrdin mahzun
Ki, g‘am daf’ig‘a yoquti mufarrih la’li nob o‘lg‘ay.
Mening umrum sen, ey soqiy, erur chun umr ishi ta’jil,
Sanga ham o‘z ishingda avlo uldurkim, shitob o‘lg‘ay.
Ne bo‘lg‘il tiyra, ne ravshan zamonekim, gari qilmas
Zamon ahli agar xud soya, yoxud oftob o‘lg‘ay.
Navoiy, dayr piri birla bo‘lsun mug‘bacha yeri,
Jununungg‘a gahikim, hazl etar el shayxu shob o‘lg‘ay.
610
Asrading kuydurgali ushshoqi muztar ko‘nglini,
Bog‘bondekkim, o‘tun qilg‘ay sanavbar ko‘nglini.
Otqan o‘qni, bilki, qaytarmaqchadur paykon bila
Javrdin qaytarmaq ul sarvi sitamgar ko‘nglini.
Gulbunungda g‘uncha ko‘nglumdek emas, ey bog‘bon,
Ochilurdektur, xayol etsang aning har ko‘nglini.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |