www.ziyouz.com kutubxonasi
306
Ollig‘a bosh qo‘ydum, ammo tig‘ ila ayirmadi,
Bosh emas, bukim erur bo‘ynumg‘a aning untuji.
Tig‘i ishqin mendin aylar imtihonu vasl yo‘q,
Ishqning go‘yoki, mendin o‘zgaga yetmas kuchi.
Boda durdin no‘sh eta olmas esang, ey mug‘bacha,
Yirtibon zuhdum ridosin, ayla aning suzguchi.
Gar ayog‘ing chiqti ashkingnnng suyidin toyilib,
Ey Navoiy, shukr, ul ko‘y ichradur aning muchi.
601
Har bag‘ir pargolasi g‘am dashtining bir lolasi,
Lek, bo‘lg‘an ishq o‘tidin dog‘ har pargolasi.
Ishq sahrosig‘a har kim kirmak o‘lmaskim, erur
Bir yurakning dog‘lig‘ pargolasi, har lolasi.
La’l uza ushog‘roq inju aylagandek ta’biya,
Ko‘rguzub shirin labingni har taraf tabxolasi.
Anjum ermaskim, tushubtur charx ko‘zgusiga aks,
Baski, yog‘di g‘am tuni yer uzra ashkim jolasi.
Girdbolisht bo‘lsa oy boshing qo‘yarg‘a, vajhi bor
Kim, aning davri yuzing oyining o‘lg‘ay holasi.
Gul xaridori chu ko‘ptur, bo‘lma ko‘p, ey bog‘bon,
Zeb uchun mashshota yo sotmoq uchun dallolasi.
Gar Navoiy nolasidin yor yolqibtur, vale
Ishq yo‘q deb ta’n etar, gohiki yo‘qtur nolasi.
602
Lab uza xatti anbar oludi
Otashin la’lining erur dudi.
Dardu sabrin nisoring etti ko‘ngul
Kim, bo‘lar erdi budu nobudi.
Jon berib, ko‘nglum oldi naqdi g‘aming,
Ahli savdoning ushbudur sudi.
Gar o‘qung jong‘a qasd qildi, ne bok
Ki, aning bu o‘q erdi maqsudi.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |