Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

305


Yel parishon etsa nogah zulfuning zunnorini. 

Bumni zog‘ etkay, ohim dudi qilsa oshyon,  

Dasht ichinda men bo‘lur vayronaning devorini. 

Fosh etar ko‘nglum sharori, tiyra ohim dudi ham, 

 Necha dermen, qilmayin ishqim o‘ti izhorini. 

G‘am hujumidin ne g‘am, azmi xarobot aylakim,  

Qo‘ymayin bir jom ila ul xaylning osorini. 

Soyir aylarda qadah topsang sabot, ey mug‘bacha,  

Aylayin barham falakning sobitu sayyorini. 

Anglag‘il, jonoki, ko‘yungda Navoiy o‘ldi zor,

Topmasang itlar uni ichra fig‘oni zorini. 

599

Bukun aqshomg‘a tegru menki ko‘rmaymen queshimni,  

Ne tong, to‘ksam falakdek kecha tong otquncha yoshimni. 

Baliyat toshidin yuz pora bo‘lg‘an ham erur xushroq,  

Itingga yetmagay zaxmat qilurda tu’ma boshimni. 

Yuzu xoling g‘amidnn bo‘stonafruz erur jismim,  

Ki, tutmishtur ichimni tuxmi g‘am, xunob toshimni. 

O‘luk jismimni ko‘rgan toza qonlig‘ dog‘lar birla,

Qora qilg‘an sog‘ing‘ay zog‘lar g‘avg‘osi loshimni. 

Vazifa ko‘ngluma har kun erur bir dog‘ ishqingdin,  

Qanoatdin tuzubmen bir diram birla maoshimni. 

Qazo tag‘‘yiri topmas, chunki zo‘ru zorlig‘ birla

Uzubmen dahr xalqidin urush birla taloshimni. 

Navoiy, degasen g‘am tog‘i qozmish teshai Farhod,  

Ko‘rub ko‘ksumdagi tirnog‘ ila qilg‘on xaroshimni. 

600

Moviy yog‘lig‘din qoshing, ey jong‘a bedod etkuchi,

Ko‘k bulutqa kirdi go‘yo yangi oyning bir uchi. 

Gar yomon holimg‘a ko‘z solmas, ajab yo‘qkim, erur  

Ul qora ko‘zlar qora baxtim masallik uyquchi. 

Ilgi ashkim qonin oritmoqda chektim dudi oh,  

Ham qizardi, ham qora bo‘ldi ul oyning ovuchi. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling