Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
301
Dudi ohimdinmu har sari shararlar butradi,
Yo‘qsa yel o‘tlug‘ ko‘ngullarni sochingda qo‘zg‘adi.
Ishq dashtida ucha olmas yeridin hech qush,
Parlarin baskim, havoda o‘tlug‘ ohim churkadi.
Har tikankim, ildi Majnun ko‘nglakidin porae,
Hajr ko‘ksumga tugan qo‘ymoqqa ani chirmadi.
Bog‘ aro xat ichra og‘zingdin qizarib, sarg‘arib,
G‘uncha zangori libosi birla boshin burkadi.
Ko‘r jununimniki, bo‘ldi telba ko‘yung itlari,
Qaysi birkim, qovg‘ali uryon tanimni tishladi.
Ishq naxlig‘a samar chun furqat ermish, ey rafiq,
Ey xush ulkim, ko‘nglin avvaldin birovga bermadi.
Ey Navoiy, o‘zgalar maqbulu sen mardud uchun,
Yer alarni mahram aylab, seni mahrum istadi.
591
Bo‘lsa ko‘yung tufrog‘i za’f ichra jismim bistari,
So‘zi jismimdin aning rangi erur xokistari.
Uyladur za’fimki, odam qilmag‘ay erdi gumon,
Gar yo‘luqsa erdi Majnung‘a vujudum paykari.
Dema ashkim jolasin g‘am shomi durri shabcharog‘
Kim, erur ayni malolatdin nuhusat axtari.
Dasht aro el anglamas devonadurmen, yo‘qsa dev,
Uylakim, bilmon senikim — odamisen yo pariy.
Orazing uzra erur xo‘y kasrati daryoyi lutf,
Nildin xoling latofat bahrining nilufari.
Gulshani davrong‘a moyil bo‘lma, ziyrak qush esang
Kim, tikan tori qilur har toza gulbargi tari.
Sabzai xatting xayoli birla savdo dashtidin,
Gar Navoiy chiqsa, tong yo‘q, Xizr erur chun rahbari.
592
Gul emastur otashin, bulbullarin kuydurgali
Kim, libos etmish qizil ushshoqini o‘lturgali.
Ko‘yiga insa maloyik pashsha yanglig‘, rashkdin
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: