www.ziyouz.com kutubxonasi
304
Ul oy eshitmasa ne degaymen, vale o‘tar
Aflok toqining xamidin bu fig‘on bari.
Usruk yo‘l oziqib dorimaq har sari ne sud,
Bir oy ramida sayd ne bo‘lg‘ay bu yon dari.
Bu xoksor tanni sipehr etti qadrdin,
Anjum kebi itingning ayog‘i nishonlari.
Dersenki yor aksi sanga tushkay, ey ko‘ngul,
Avval g‘ubori g‘ayrdin oyinason ori.
Ul sho‘x yuzu ashkinga boqmas, Navoiyo,
Har necha za’faron yuziga arg‘uvon tari.
597
Jong‘a chun demen: ne erdi o‘lmakim kayfiyati?
Derki, bois bo‘ldi jism ichra marazning shiddati.
Jismdin so‘rsamki, bu za’fing‘a ne erdi sabab?
Der: anga bo‘ldi sabab o‘tluq bag‘irning hirqati.
Chun bag‘irdin so‘rdum, aytur: andin o‘t tushti manga
Kim, ko‘ngulga shu’la soldi ishq barqi ofati.
Ko‘ngluma qilsam g‘azab, ayturki, ko‘zindur gunah,
Ko‘rmayin ul tushmadi bizga bu ishning to‘hmati.
Ko‘zga chun dermenki, ey tardomani yuzi qora,
Sendin o‘lmish telba ko‘nglumning baloyu vahshati.
Yig‘lab aytur ko‘zki, yo‘q erdi manga ham ixtiyor,
Kim, ko‘rundi nogahon ul sho‘xi mahvash tal’ati.
Ey Navoiy, barcha o‘z uzrin dedi, o‘lguncha kuy
Kim, sanga ishq o‘ti-o‘q ermish azalning qismati.
598
Turfa gulzor aylamish may gullari ruxsorini,
Turfaroq bukim, araq serob etar gulzorini.
Ey ko‘ngul, har torig‘a yuz jon muqayyaddur bukim,
Yuz girih birla ko‘rarsen zulfining har torini.
Yoqmangiz zaxmimg‘a marhamkim, o‘larmen, qilsa kam
Choklik bag‘rimdin ul oy tig‘ining ozorini.
Bog‘lag‘aylar atridin din ahli kofirliqqa bel,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |