Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

309


Qilsalar nogah nazar ul husni ro‘zafzun sari. 

Charx davrida ko‘rungandek shafaq ichra quyosh,  

Tushti aksing jom aro, boqsang mayi gulgun sari. 

Mehnatimdin tog‘ni homun ko‘rgasen — homunni tog‘,  

Gar meni istarga kelsang tog‘ ila homun sari. 

Boda ichkim, gar desang o‘zni mukaddar qilmayin,  

Solma ko‘z dunlar sari, andoqki charxi dun sari. 

Sarvni netsun Navoiy bor ekanda qomating,  

Bo‘lsa mavzun, boqmag‘ay tab’ ahli nomavzun sari. 

607

Xomai mushkin raqam birla meni yor istadi,  

Tinmayin nettimki, hajridin meni zor, istadi. 

Ne jafo erdiki, marham vaslidin qo‘ymay hanuz,

Hajr tig‘in yog‘durub, ko‘nglumni afgor istadi. 

Garchi kunduz osti, lekin o‘rtadi hijron tuni,  

Sham’idin holimni ul mahvash namudor istadi. 

Zulfi domin hajr shomidek yozib ofoq aro,  

Go‘yiyo olam eli ko‘nglin giriftor istadi. 

Husng‘a chun yo‘q vafoe juz nadomat ko‘rmadi,  

Bevafoekim, vafo ahlig‘a ozor istadi. 

Tut fano vayronikim, aksi yuzin qildi sarig‘,

Mun’imekim, qasrn devorini zarkor istadi. 

Ey Navoiy, xo‘yi bekaslikka qilkim, topmadi  

Qaysi bekaskim, kezib olamni, bir yor istadi. 

608

Xushtur ichmak yor yodi birla ishrat jomini,  

Xossakim, qosid keturgay yorning payg‘omini. 

Ruq’asi jismimg‘a jon berdi, qora ichra magar  

Obi hayvon tomizib, chekmish xati arqomini. 

Safhai gulgun uza yozib xati mushkin tiroz, 

Yod berdi xatti mushkinu ruxi gulfomini. 

Ram yegan ko‘nglum qushin tutmoqqa go‘yo safhada,  

Nuqtayu xat birla sochib dona, yoymish domini. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling