www.ziyouz.com kutubxonasi
328
Fitnai olamu oshubi zamon deymu seni?!
Ey ko‘ngul, ishq aro bir yerga yetibsenki, degil,
Ibrati dahrimu rasvoyi jahon deymu seni?!
O‘lturub erdi xumor, aylading, ey may, ani daf’,
Quti jon deymu seni, naqdi ravon deymu seni?!
Qo‘y fano lofi, Navoiyki, so‘zung tutti jahon,
Bu taayun bila benomu nishon deymu seni?!
644
Jon ola kelganda, sa’yu iztirobingg‘a o‘lay.
Olmasang ham, qaytqan chog‘da shitobingg‘a o‘lay.
Gul uza shabnam sochibsen, ko‘rguzub sunbulda pech,
Husn aro bu lutf birla obu tobingga o‘lay.
Kelganingga qahr ila qatlimga, jon aylay fido,
Rahm etib, qatlim qilurdin ijtinobingg‘a o‘lay.
La’li may yetkach dudog‘ingg‘a bo‘lur obi hayot,
Olloh-olloh, ul iki la’li muzobingg‘a o‘lay.
Deb emishsen bog‘lag‘um boshin kesib fitrokima,
To tirikmen jon fido aylab, rikobingg‘a o‘lay.
Chun tirik sendin qutulmoq bo‘lmas, ey umrum xushi.
Goh lutfungg‘a beray jon, gah itobingg‘a o‘lay.
Chun deding o‘lsa Navoiy, jon berur la’lim anga,
Ey Masihim, ruhparvar la’li nobingga o‘lay.
645
Shabistonlarni, tong yuq, gulsiton etsa ko‘zum qoni,
Erur chun mahvashim har tun birov sham’i shabistoni.
Ne tong, gar anjuman ahli nishon ko‘rguzsa anjumdin,
Chu bo‘lsa mohi bazm ul chehraning xurshidi raxshoni.
Netay, el qasrini qilsa munavvar, chunki ul yuzdin
Buzulg‘an tiyra kulbam bo‘lmadi bir shom nuroni.
O‘tub oylarki, bir kulbamg‘a mayl etkay, kirib chiqqay.
Quyoshdek yo‘q anga bir lahza taskin tutmoq imkoni.
Bu oqshom yordin ayru menga voqif bo‘l, ey hamdam
Ki, ko‘ksumni teshib, jon qasdi qilmish dog‘i hijroni.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |