Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
www.ziyouz.com kutubxonasi
330
Ohimdin uchti, sabrim agar chu qattiq edi, G‘am tog‘ini qo‘ngarur emish ishq sarsari. Tonglog‘i huru ravza netar kimsakim, bu kun Mayxona ichra bor esa bir huri paykari. Gar dil shikasta bo‘lsa Navoiy ajab emas, Nechunki, dilshikan eruru shayx dilbari. 648 Bazmdin chun chiqti yoru anjumang‘a kirmadi, Tandin andoq chiqdi jonimkim, badang‘a kirmadi. Barcha huzn ahlin musharraf aylabon shod etti yor, Ne osig‘, chunkim bizing baytul-hazang‘a kirmadi. Ul xino yoqtiyu qon yutti hasaddin nastaran, Rang aning tirnog‘laridek nastarang‘a kirmadi. Loladek qonliq libosim birla dafn aylang meni Kim, shahidi ishq ma’hudi kafang‘a kirmadi. Bo‘ldi gum, og‘zi sari moyil bo‘lub ko‘nglum qushi, Vah, qayon bordikim, ul chohi zaqang‘a kirmadi. Dahr bog‘ida vafosizlig‘ ne qushkim, qildi fahm, Chekti mahzun nola, ammo bu chamang‘a kirmadi. Ey Navoiy, zulfidin ko‘nglung chiqarkim, ul ko‘ngul, Ozmadi yo‘lnikim, ul chinu shikang‘a kirmadi.
Shohning munglug‘ mushavvashlar bila ne nisbati, Komronlarg‘a balokashlarga qaydin ulfati. Ulki qahr etsa, qilichidin damo-dam qon tomar, Bag‘ridin qon tomguchilar birla ne jinsiyati. Vasl no‘shi birla jon topqong‘a, vah, andin ne g‘am Kim, to‘ladur zahri qotil birla jomi furqati. Dahr qilg‘andin yalang boshini teng tufrog‘ ila, Ne xabar ulkim, yetar gardung‘a toji rif’ati. Mo‘r ayog‘ ostida o‘lgandin qachon topqay vuquf, Arslonkim, ko‘kka chirmashg‘ay g‘irevi shavkati. Bir kecha tong otqucha hijron o‘tig‘a kuymagan Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 331
Qayda bilsunkim, nedur majruh ko‘nglum holati. Qo‘y bu so‘zlarniyu bo‘l holimdin ogoh, ey rafiq Kim, bu aqshom asru sa’b o‘lmish firoqim shiddati. Ey ko‘ngul, ishq ichra shohu gadog‘a imtiyoz, Ut aro tengdur quruq yo o‘l yig‘ochning hirqati. Ishq jomin, ey Navoiy, tovba qilmoq sa’b erur, Xossakim, yo‘q zuhdu taqvo birla ko‘nglum rag‘bati.
Zihi yo‘lungda bir aftoda odami xokiy, Havoyi ishqingda sargashta mehri aflokiy. Uruj shomi chu bot qaytting bu armondin Magarki, har tong o‘lur subh jaybining choki. Falak navardinga ham shoxi sidra, ham tubo, Bu bir ayog‘ida xas, ul yo‘linda xoshoki. Madinang ahlig‘a har yilki, azm etar hujjoj, Katabtu qissata shavqiyu madma’i bokiy. Ne bo‘ldi Yasribu Batho aro o‘qusamkim, Ayo manozilu salmo faayna salmoki. Sening madoyihi na’tingda, yo Rasululloh, Tamom bo‘ldi Navoiy takallumi poki. Bu to‘rt daftarida hamdu na’t aro xalali, Gar etmish o‘lsa ayon tab’u kilki beboki. Vale shafoating imkoni qo‘ngliga kirgach, Umid ila sezunur yana tab’i g‘amnoki. Yetur anga karaming bahridin payopay fayz Ki, na’ting ichra durafshonlig‘ etsun idroki.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling