Alisher Navoiy.
Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
383
Menki, o‘ldum dahr eliga oshnolig‘ ranjidin,
Qilmag‘aymen oshnolig‘, gar Masih o‘lsun yano.
Oshnolardin, tilarmen, aylasam begonalig‘,
Qayda mumkin bo‘lmag‘im begonalarga oshno.
21
IMOMNING RAVZAI PUR ANVORI IZTIHORIDUR VA ShAM’LARI ANVORIKIM,
KAVKABU SOBITOT NAMUDORI
Sekkizinchi imom ravzasida,
Kechalar oncha sham’ sobitdur.
Ki, degaysenkn, sekkizinchi spehr
Sahnida kavkab savobitdur.
22
SIFLAI DUNNING BUQALAMUNLUG‘IDAKIM, NAMUDORI ERUR GUNOGUN
Dur anga na so‘z siflai naxs deb,
Qilur turku hindug‘a zohir nifoq.
Biaynih aningdekki, sichqay chibin,
Oq uzra qorayu qora uzra oq.
23
Do'stlaringiz bilan baham: