ISBOT QILMOQ VA BU MA’NIDIN MUBOHOT QILMOQ
G‘azalda uch kishi tavridur ul nav’
Kim, andin yaxshi yo‘q nazm ehtimoli.
Biri mu’jiz bayonlig‘ sohiri hind
Ki, ishq ahlini o‘rtar so‘zu holi.
Biri Iso nafaslik rindi Sheroz,
Fano dayrida mastu louboli.
Biri qudsi asarlik orifi Jom
Ki, jomi Jamdurur sing‘an safoli.
Navoiy nazmig‘a boqsang, emastur,
Bu uchning holidin har bayti xoli.
Hamono ko‘zgudurkim, aks solmish,
Anga uch sho‘x mahvashning jamoli.
19
OShNOLIG‘ BOBIDAKIM, AVVALI VA OXIRI ALAM VA OFAT IBTIDOSIDURUR VA
ShIN
VA NUNI ShAYN IBTIDO VA INTIHOSI
Ko‘rubmen ancha g‘amu dard oshnolardin,
Chekibmen ancha alardin alam, ano birla.
Ki, tushsa jonim ajal saylig‘a, erur xo‘shroq
G‘ariqliqki, xalos o‘lmoq oshno birla.
20
Do'stlaringiz bilan baham: |