MUJIBI RIShXANDDUR
Kishi yigitlar ila ishqibozlig‘ qilsa,
Yigitligida erur xo‘bu munda ermas shak.
Qarig‘a tavbavu taqvo kerak va gar bu harf
O‘zini yig‘masa, xushtur saqolig‘a kulmak.
Ki, po‘ya qilsa nazar solg‘ali yigitlarga,
Valek jismi aso istasa, ko‘zi aynak.
40
UY RAVNAQI MULOYIM XAMZONUDINDUR VA RO‘ZGOR TURFALIG‘I
TURFAGO‘ BONUDIN
Uyda ravnaqdurur, agar kishiga
Yaxshi hamxona bo‘lsa hamzonu.
Zeb ila turfa hargiz o‘lmas uy,
Bo‘lmasa anda turfa kadbonu.
41
O‘Z PARIShON KO‘NGLI JAM’IYaTIN MUMKIN ERMASLIGI VA BU JAM’IYaTNI
HYeCh KIM NIShON BYeRMASLIGI BOBIDA
Yuz tuman ming pora ko‘nglum diqqati har necha bor,
Lekin ermastur ani jam’ aylamak mumkin bu kun.
Tog‘ni qum aylamaklik sa’y ila bo‘lg‘ay, valek
Shishai soat qumining rishtasi bo‘lmas tugun.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |