BU FISQ ASBOBI BILA UL SAROYIN BUZDI
Faloni mardak ar sotti saroyin,
Demakim, ul saroyin yaxshi tuzdi.
Qilib ikki saroyig‘a ajab ish,
Bu birni sottiyu ul birni buzdi.
48
HAZRAT NABAVII HADISI TARJIMASIDAKIM, KUN FI-D-DUNYo
KA-ANA-KA G‘ARIB AV OBIRU SABIL
Dedi hazrati mufhiz koinot,
Anga kim edi huznin o‘ksitguchi.
Ki, dunyoda bo‘lg‘il nechukkim, g‘arib
Va yoxud aningdekki, yo‘l o‘tkuchi.
49
POKBOZLARNING POK HUSNI VA ILOHII BO‘LMOQ BILA RUHLARIG‘A ShOIBAI
OLOYISh
VA NAFSLARIG‘A TASAVVUR OSOYISh YUQLUG‘IDA
Poklar chinu chigil husni aro bo‘lg‘an ila,
Kimsa oloyish alar jonibig‘a yo‘l bermas.
Kim necha rang rayohin uza eskan birla,
Yel hariri, qolagay bo‘lmag‘i mumkin ermas.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |