Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin
20
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 11 Mir’oti husnung tiyradur bu ohi dardolud aro, Ravshanlig‘i mumkin emas, chun sham’ qoldi dud aro. Butkanga o‘xshar, degasen, har yon qizil gul uzra barg, Har saridin paykonlaring bu jismi xunolud aro. Shomi g‘am ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar, Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qirandud aro. Xo‘y qatrasidin g‘arq erur xoling savodi, vah, netar Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas’ud aro. Ochting chu zulf ul ikki ko‘z haryon xadang otmoq ne tong Kim, qolmish ikki turki chin hinduyi noma’dud aro. Ul ko‘y qasdi etmisham, ey voiz, ani man’ etib Har dam dema jannat so‘zin, so‘z solmag‘il maqsud aro. Qochsa Navoiy shayxdin piri mug‘on sari, ne ayb Kim, bor tafovutlar, base, maqbul ila mardud aro.
Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro, Magarki murcha nisfi uzuldi shakkar aro. Ko‘ngulda nuqtai xoling xayoli to‘sh-to‘shdin, Yog‘in asarlaridur nuqta-nuqta axgar aro. Yuzungda qatrae xo‘y kasrati orasida xol, Birisi munkasif o‘lmish bu xayli axtar aro. Kecha ne nav’ yumay kirpiking xayolida ko‘z, Mangaki, igna butar tongg‘a tegru bistar aro. Bu o‘tki, mendadurur, do‘zax ichra qochqay xalq, Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro. Qadah keturki, falak javridin amon hirzi, Zamona yozmadi juz davri jomu sog‘ar aro. Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya’ni Ki, chug‘z bo‘lma bu vayronai muhaqqar aro.
Yor labi aksi tushub jom aro, Bodag‘a jon ta’mi berur kom aro.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar www.ziyouz.com kutubxonasi 12 Baski ko‘ngul og‘zi xayolidadur, G‘unchadek o‘lmishdurur andom aro. Hajr aro ko‘rguz desam ul yuzni, der: Mehr qachon jilva qilur shom aro? Dema, nedin ko‘nglunga oromdur, Muttasil ul zulfi dilorom aro. O‘zga ko‘ngullar qushin aylarga sayd, Bog‘ladi ko‘nglum qushin ul dom aro. Mast chiqib dayrdin ul mug‘bacha, Tafriqa soldn yana islom aro. O‘tda Navoiy kuyadur ko‘rgali Xolin aning orazi gulfom aro.
Bir oy o‘tti meni mahzung‘a, bir oy intizorinda Ki, ne ko‘nglum erur hushinda, ne hushum qarorinda. Ichim furqat balosinda, toshim hajr ibtilosinda, Tanim ishq iztirobinda, o‘zum shavq iztirorinda. Yuzung hajrida tufrog‘ o‘ldum ul yanglig‘ki, yel qo‘pqoch, Quyosh chiqsa, padidor o‘lmag‘ay jismim g‘uborinda. Yuzung maydinki gulgul bo‘ldi, yo‘q jannatda ul gullar Ki, bir-bir ochilibdur olami husnung bahorinda. Degaykim: bo‘stonafro‘z ichida tuxmi sochilmish, Biravkim xollar ko‘rsa, uzoring lolazorinda. Tishing shavqida g‘altonlig‘ aro yuz go‘shada qolg‘ay, Agar inju o‘zin solsa, duri ashkim qatorinda. Mayi vasling qanikim, nash’asi jismimg‘a jon bergay, Bu yanglig‘kim, o‘lum holinda men hajring xumorinda. Mening yo do‘stning jurmi dema ishqimnikim, ermas Mening ham ixtiyorimda, aning ham ixtiyorinda. Quyosh chiqqandek o‘lg‘ay, tiyra tun ichra ul oy kelsa, Navoiyning firoq ichra qorarg‘an ro‘zgorinda.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling