Favoyid ul-kibar alif harfining ofatlarining ibtidosi «favoyid»din


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/358
Sana30.10.2021
Hajmi0.78 Mb.
#169641
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   358
Bog'liq
0964-Fevayidul Kibar Nevayi Latin

www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

Ko‘zum ashkini yo‘q, lekin qurutmoq bahrni mumkin  



Ki, xilqat vajhidin tab’i munung martub emas ancha. 

Navoiyg‘a keraktur yor, gul bulbulg‘a bo‘lsunkim,  

Yuzi ollida gul, nazzora qildim, xo‘b emas ancha. 

26

Sohiredur ul ko‘z, ammo xoli hindu ostida  

Nuqtadur oraz uza, yo‘q ersa, jodu ostida. 

Son’din  ko‘rdik zanaxdon  ostida  fikrat  chog‘i,

Kimki ko‘rmaydur bilurin dasta ko‘zgu ostida. 

Ichsa may, jismi safosidin ko‘runur to borur,  

La’l agar tushsa, ko‘rungandek suzuk su ostida. 

Shohlar tojig‘a loyiq tugmadur, gar bersa dast,  

Go‘yikim ko‘rguzdi ul chobuk uzangu ostida. 

Otashin gulning niholisin unut, ey  andalib,

Kuldin o‘zga  gulxani bistar  solurmu ostida. 

Jomi miynoe ilikdin qo‘ymakim, bu shevasiz,  

Kimsa xushhol o‘lmadi bu toqi minu ostida. 

Ey Navoiy, qayg‘u tog‘in may bila daf’ aylakim,

Yaxshiroq tog‘ ostida qolmoqki, qayg‘u ostida. 

27

Fig‘onki, hajridin o‘ldi o‘kush alam bizga,  

Tarahhum etmadi ul mehri yo‘q sanam bizga. 

Fidosi jonu ko‘ngul ayladuk, vafo ul oy  

Qilib ulusqa, ravo ko‘rdi dardu g‘am bizga. 

G‘amidin o‘ldigu ul isaviy dam aylamadi,

Iyodat aylagali ranja bir qadam bizga. 

Bitidi har sari ushshoqig‘a vafo bitigin

Magar, ushaldi yetishkan zamon qalam bizga. 

May el bila ichibon, bizni xokirah aylab,  

Fig‘onki, to‘kmadi durdi piyola ham bizga. 

Fano mayini agar piri dayrdin topsaq,  

Sinuq safol ko‘p ortuqki, jomi Jam bizga. 



Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling