www.ziyouz.com kutubxonasi
17
Kim, bo‘luptur bir pariyvash dilrabog‘a mubtalo.
Zohido, rasvolig‘im ta’n aylading, jahd aylakim,
Bo‘lmag‘aysen ul ko‘zi, qoshi qorog‘a mubtalo.
Bo‘lmayin begona yoru oshnodin chora yo‘q,
Xoh bo‘l begonag‘a, xoh oshnog‘a mubtalo.
Podsho birla gado holig‘a kulsa, ne ajab,
Bo‘lsa men yanglig‘ gadoe podshog‘a mubtalo.
Bo‘lmish ul kofir g‘ami devona ko‘nglumdin malul,
Hech kofir bo‘lmasun men mubtalog‘a mubtalo.
Soqiyo, may tutki, dardining davosi bodadur,
Hajrdin kim bo‘lsa dardi bedavog‘a mubtalo.
Kir xarobot ichrayu bo‘l rindlar vobastasi,
Xonaqahda bo‘lg‘ucha ahli riyog‘a mubtalo.
Ey Navoiy, yona ul badahddin bo‘lsam xalos,
Ahd qildimkim, yona bo‘lmay yonag‘a mubtalo.
33
Falak nilufaridin chashmai mehr o‘ldi gar paydo,
Yuzungda nildin ul chashma qilmish nilufar paydo.
O‘qung ko‘nglumga kirgach, qatra qonlar oqti, kim ko‘rmish
Nihol andoqki, ani tikkach-o‘q bo‘lg‘ay samar paydo.
Achiq so‘z birla bel qatlimg‘a bag‘lar, turfaroq bukim,
Nazarda ne og‘izdur zohir andin, ne kamar paydo.
Labi shavqi ichimda, yuzda qon yoshim, ajab ermas,
Yuzinda la’l yutqanning bo‘lur, derlar, asar paydo.
Ko‘ngulni to parishon aylading, yuz barqi g‘am sochti,
Nachukkim, o‘tni qo‘zg‘arlar, bo‘lur andin sharar paydo.
Yerutti vasl sham’i ahli hijron tiyra avqotin,
Mening shomimg‘a, vahkim, qilmadi davron sahar paydo.
Ajal qasrin hakimi sun’, bas, mushkil tilsim etmish
Ki, har kim anda kirdi, bo‘lmadi andin xabar paydo.
Masihodin dam urmangkim, habibim gardig‘a yetmas,
Agar Jibrildek egnidin aning bo‘lsa par paydo.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Do'stlaringiz bilan baham: |