Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi
A n tro p o g en fa lo k a tla r g a m iso lla r k e ltirin g ?
Download 3.49 Kb. Pdf ko'rish
|
7. A n tro p o g en fa lo k a tla r g a m iso lla r k e ltirin g ? 8. E k o lo g ik fa lo k a tla r nim a? 9. F avq u lo d d a v a ziy a tla r ning rivojlanish b o sqich lari? 10. E p iz o o tiy a la r nim a? 11. О ‘zb e k isto n R espu blikasi hududida bo ‘lishi m um kin b o ‘Igan F V larni к о lr s a t ing? 12. Z ilz ila e p itse n tri ha q id a g i т а ’lu m o tla r n im alardan ib o ra t? 13. G ip o tse n tr nim a? 14. Z ilz ila kuchining о ‘Ichov b irlik la ri? T ayan ch ib o ra la r F avqulodda vaziyat, aholi, tabiiy ofatlar, epizootiya, epifiotiya, hudud, retrospektiv tahlil, texnogen falokatlar, antropogen falokatlar, izoform izm , FV ning rivojlanish bosqichlari, zilzilalar, gidrom eteorologik hodisalar, avariya va falokatlar, portlash, y o n g ‘in, o ‘ta zaharli m oddalar, radioaktiv m oddalar, gipotsentr, epitsentr, M SK -64 shkalasi, ball, R ixter shkalasi, m agnituda. F u q a ro h im o y a sin in g za m o n a v iy k o n se p s iy a si. Y eta rli zaru rat. Fuqaro him oyasining maqsadi. V azifalari. F avqulodda vaziyat. A h oli. Sabab. Tabiiy ofat. Texnogen falokatlar. A ntropogen falokatlar. E kologik fa lo k a tla r . FV n in g ta r q a lish te z lig i. F V n in g ta r q a lish h u d u d i. Shikastlanish o ‘c h o g ‘i. FV ning rivojlanish bosqichlari. Z ilzilalar. Sei. Suv toshqinlari. Epidem iologik sharoit. R adioaktiv m anbalar. Epitsentr. G ip o t s e n t r . M S K -6 4 s h k a la s i. R ix te r s h k a la s i. B all m a g n itu d a . Epifiotiyalar. 1996-yilda O 4zbekistonda sodir bo‘lgan FVlar haqida m a’lumot Viloyatlar 0 ‘piri- lish Zilzila Sei va toshqinlar Kimyo korxo- nalaridagi avariya Yong‘in Temir yo‘ldagi 0 ‘ZM bilan bo‘I- gan avariyalar Epide- miyalar Radioaktiv obyektlar dagi avariyalar Toshkent - • 1 3 - 5152/71 1 - 2 Jizzax - - - - 558/5 2 - - Buxoro - - - - 1046/22 - 2 - Navoiy - - - 2/3 626/22 - - - F arg ‘ona - - 1 - 1801/18 - - - N am angan - - 1 - 1200/15 - 1 - Andijon - - 1 - 1094/10 - - - Sirdaryo - - 1 - 581/6 - - - Surxondaryo - - - - 992/15 - - - Q oraqalpog‘iston - - - - 1812/11 - - - Qashhadaryo - - - - 1120/26 - 9/11 - Xorazm - - - - 1047/14 - - - Sam arqand - - - - 1589/36 - - - Jam i - 1 7 3/3- 18429/262 3 11/11 2 1995 jam i 4 3 -12/14 1/2 20486/271 1 2/16 2 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI FUQARO MUHOFAZASINING (FM) HUQUQIY VA TASHKILIY ASOSLARI 2.1. 0 ‘zbekiston Respublikasi FMning huquqiy va tashkiliy asoslari 0 ‘zbekiston Respublikasi FM ning huquqiy asoslarini FM haqidagi Qonun asoslab beradi. Bu qonun FM ning tashkiliy tamoyillarini, uning vazifalari, davlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat, vazirliklar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlarning, hamda barcha fuqarolarning bu boradagi huquqlarini asoslab beradi. Bu qonun 1998-yilda qabul qilingan. Qonunning asosiy vazifalari quyidagilar: • FV larni ogohlantirish; • FV dan ko‘rilgan talofot va zararlarni kamaytirish; • FV lar oqibatlarini tugatish. Qonunning ikkinchi bobi 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari va mahalliy ijroiya organlarining huquqlarini belgilaydi. M asalan: K onstitutsiyaning 93-moddasiga binoan Prezident FV lar vujudga kelganda Respublika hududida yoki uning ayrim hududlarida noharbiy bo‘lmagan kuchlami yoki boshqa harbiy qismlami ishga solgan hollarda Favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega. Oliy majlis, hukum at, vazirliklarning ham huquqlari shu moddada belgilangan. Q onunda 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy himoyasi, FMning boshqaruv organlari va davlat nazorati, aholini o ‘qitish, FM b o ‘yicha tadbirlarning moliyaviy va moddiy ta ’minoti, qonunchilik buzilganda javobgarlik, qonunni nazorat qilib turish, hamda FM borasida xalqaro hamkorlik masalalari belgilangan. FM qonuni asosida 0 ‘zbekiston Respublikasining FVlarni ogohlantirish va amaliy ishlar bo'yicha davlat tizimini FVlardagi amaliy ishlari tartibi, turkumi, tashkil qilinishi b o ‘yicha asosiy vazifalar belgilangan. Favqulodda vaziyatlar b o ‘yicha davlat tizimi (FVDS) ning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: • Tinchlik va urush paytida FVlarda aholini va hududni himoyalashning huquqiy va iqtisodiy me’yorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; • Respublika hududida b o ‘lishi mumkin b o ‘lgan texnogen va tabiiy FVlarni prognozlash va oqibatlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan baholash; Iqtisod tarm oqlari, korxona, m uassasa va tashkilotlarni mulkiy shakllaridan q at’iy nazar faoliyat ustivorligini oshirish; • FVlarni ogohlantirish, boshqaruv tizimini, kuch va vositalarini doimo tayyor holda bo‘lishlarini ta ’minlash, hamda uning oqibatlarini yo‘qotish; • FV holatida aholini va hududni himoyalash bo‘yicha axborotlarni o ‘z vaqtida yig‘ish, ishlab chiqish va tarqatish; • Aholini, rahbar xodimlarni, boshqaruv organlarini, FVDS kuch va vositalarini oldindan tayyor holga keltirib qo‘yish; • FVlar oqibatini tugatish uchun moliyaviy va moddiy zaxira tashkil qilish; • FVdan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy himoyalash va xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 2.2. 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining kuch va vositalari 0 ‘zbekiston Respublikasi FM ijtimoiy kuchlari yetarli zaruriyat tamoyillari asosida tashkil topgan. Respublika FVDS hududiy va mahkamalar bo'yicha boshqarish tamoyillariga asoslangan. Hududiy tamoyillari Qoraqalpog'iston Avtonom Res publikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi. Mahkama tamoyillari bo'yicha esa vazirliklar, Davlat qo'm italari, korporatsiya, konsern, assotsiatsiyalarda tuziladi. Ular atrof-muhit holatini, obyektlardagi yashirin xavflarni, hamda tasarruflaridagi inshootlarda FVlarni ogohlantirish va oqibatlarini tugatish ishlarini olib boradilar. FVDSning har bir tashkiloti quyidagilarga ega bo'lishi kerak: • Boshqaruv organlariga; • Kundalik boshqaruv organlariga; • FVlar oqibatini tugatish kuch va vositalariga; • Moliyaviy va moddiy boyliklar zaxirasiga; • Xabar berish va aloqa tizimiga, avtomatik boshqaruv tizimi va axborot ta’minotiga. FVlaming oqibatlarini tugatish bo'yicha FVDSning kuch va vositalari quyidagilardan tashkil topadi: • Fuqaro muhofazasi askarlari; • Favqulodda vaziyat vazirligining bevosita tasarrufidagi maxsus qismlar; • Vazirliklar va tarm oqlarning noharbiy va maxsus avariya- qutqaruv va avariya-tiklov bo'linmalari; • Mahalliy hokimiyat qismlari (Vazirlar mahkamasining, viloyat, shahar, hokimiyat va FVV ligini qutqaruv qismlari); • Inshootlarning maxsus qismlari; • Hududiy va inshoot umumiy va maxsus noharbiy qismlari; • Jamoat birlashmalarining qismlari (Qizil Yarim Oy jamiyati ko'ngillilari va sh.o'.). Fuqaro muhofazasi askarlari FVVga bo'ysunadi va urush vaqtida muhim mudofaa va sanoat inshootlarida ish olib boradilar. Tinchlik vaqtida yirik avariya, falokat va tabiiy ofatlar oqibatini tugatishda maxsus asbob uskunalar va mutaxasis- lar zarur bo'lgan hollarda kechiktirib bo'lmaydigan avariya qutqaruv ishlarini bajarishda qo'llanadi. Yirik hajmli tabiiy va texnogen FVlarda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga binoan, M udofaa vazirligining muhandislik, kimyoviy, sapyor va boshqa qismlari, hamda harbiy transport aviatsiyasi va tibbiy xizmat muassasalari jalb qilinadi. F W g a bo'ysunuvchi Respublika maxsus qismlari doimo tayyor turuvchi avariya-qutqaruv va avariya-tiklov ix- tisoslashgan qismlaridan tashkil topgan. Ular dunyo standartlari talablariga javob bera oluvchi maxsus qidiruv asboblari, qutqaruv uskunalari, yuqori m alakali m utaxasislar bilan t a ’m inlanganlar. Bundan tashqari, zamonaviy muhandislik va transport vositalari, energiya t a ’m inotining avtonom m anbai, 72 soatga mo'ljallangan suv, oziq-ovqat va boshqa zarur ashyolar vaziyat taqozasiga ko'ra ushbu qismlar ixtiyoriga beriladi. U lar tark ib ig a tezkor harbiylashgan term a o tryad (TXTO) va Respublika tezkor ixtisoslashgan m arkaz (RTIM) kiradi. FM tadbirlarini ta’minlash va FM kadrlarini tayyorlash uchun FVV tasarrufiga bevosita quyidagilar kiritilgan: aloqa tarm o g 'i — 68 kishi, shahardan tashqaridagi boshqaruv punkti — 140 kishi, kimyoviy-radiometrik laboratoriya - 5 kishi. Fuqaro muhofazasi instituti - 75 kishi, markaziy aeromobil qism — 21 kishi. Bundan tashqari, FVVning tasarrufidagi Respublika tezkor ixtisoslashgan qismiga mudofaa Vazirligining harbiy qismlari (mexanizatsiyalashgan bataloni), Sog'liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy m arkazi va O'zavtotrans davlat korporatsiyasining avtotransport va avtosanitariya qismlari kiritilgan. TXTO va RTIM asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • FVlarni cheklash oqibati va oqibatlarini tugatish bo'yicha tezkor va samarali tayyorgarlikni ta’minlash; • Razvedka ishlarini olib borish, vaziyatni baholash va tezkor operativ axborot uzatish; • Jabrlanganlarni, moddiy va madaniy boyliklami qidirish va qutqarish, XXIlarida tiklash ishlarini olib borish (shu jumladan, O'zbekiston Respulikasi hududidan tashqarida ham). 2.3. Xulosalar: I. Fuqaro muhofazasi kuchlari — 0 ‘zbekiston Respub likasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida tabiiy, ek o lo g ik va texnogen FVlardan h im o ya lo vch i da vlat, mahalliy, inshoot va boshqa tizim va qismlar majmuasidir. FM kuchlari quyidagilardan tashkil topadi: 1. F W , MV va IIV larining harbiy qism va bo'linmalari; 2. FVVning bevosita va tezkor maxsus qismlari; 3. Vazirlik va tarmoqlarning qismlari; 4. FM hududiy va inshoot noharbiy qism lari, shu jumladan, urush vaqtida ham. FVVning bevosita tasarrufidagi kuchlar (1785 kishi): 1. Maxsus aloqa bataloni (220 kishi); 2. Aloqa bo'limi (66 kishi); 3. Shahar tashqarisidagi boshqaruv punkti (140 kishi); 4. Kimyoviy radiometrik laboratoriya (5 kishi); 5. Fuqaro muhofazasi instituti (71 kishi); 6. Omborlar; 7. Markaziy aeromobil otryadi; 8. Respublika tezkor ixtisoslashgan markazi (RTIM); 9. Tezkor harbiylashgan terma otryad (TXTO). FVV talabnomasi bo'yicha ajratiladigan kuchlar: 1. M udofaa Vazirligining m exanizatsiyalashgan bataloni; 2. IlVning harbiylashgan yong‘in muhofazasi Respublika terma otryadi; 3. SSVning tezkor tibbiy yordam Respublika markazi (47 kishi); 4. 0 ‘zavtotrans birlashmasini avtotransport va avto- sanitariya otryadlari (30 kishi); II. Fuqaro muhofazasining vositalari - bu 0 ‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududini tinchlik va urush vaqtida him oyalash uchun zaru r m o liya viy va m o d d iy-tex n ik boyliklar y ig ‘indisidir. Moliyaviy boyliklar davlat, F W , vazirliklar, tarmoqlar, hokim liklar, korxona va tashkilotlar, ham da jam o at tashkilotlari mablag‘laridan tashkil topadi. Texnik va mulk turlari bo‘yicha FM vositalari: Kimyoviy, aloqa, muhandislik, yong‘in muhofazasi, tibbiy va ichkari tomon xizmatlaridan iborat. III. 0 ‘zbekiston Respublikasi FM tizim i tabiiy ofatlar, avariyalar, falokatlar, epidemiyalar, epizootiya va boshqa Favqulodda va ziyatlar p a ytid a tinchlik va urush vaqtida aholini va hududni himoyalashga qaratilgan umumdavlat tadbirlar tizimidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi FM tizimi barcha davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ta’minlanadi va majburiy harakatga ega. IV. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: FM bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishini belgilaydi; • FV vujudga kelganda Konstitutsiyaning 93 mod- dasiga binoan, Respublika hududida yoki uning ayrim joylarida Favqulodda holat e’lon qiladi; • FV vujudga kelganda 0 ‘zbekiston Respublikasi Harbiy kuchlarini, boshqa harbiy qism va bo‘linmalarini FV oqibatlarini bartaraf qilish uchun jalb qilishi mumkin. V. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi: • FM bo'yicha qonunlar qabul qilishni ta’minlaydi; • FM m asalalari bo'yicha parlam ent eshituvlari o'tkazadi; • FM tadbirlarini amalga oshirish uchun m ablag' manbasini va hajmini aniqlaydi; • Respublika Prezidentining Favqulodda holat kiritish, uni cho'zish va tugatish haqidagi farmonlarini tasdiqlaydi. VI. 0 ‘zbekiston Respublikasi Hukumati: • K onstitutsiya va Prezidentning FM to 'g 'risid ag i qonun va me’yoriy aktlari asosida qaror va buyruqlar chiqaradi va ularning ijrosini ta’minlaydi; • FVlarni ogohlantirish va ishlarni boshqarish Davlat tizimi ishini, davlat ijroiya organlarining vazifalari, faoliyat tartibi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi; FV oqibatlarini tugatishga mo'ljallangan moliyaviy va moddiy boyliklar zaxirasini ta ’minlaydi va undan foydalanish tartibini belgilaydi; • Vazirlik, boshqarma va mahaliy ijroiya organlari faoliyatini nazorat qiladi; • FVlarning tasnifi va oqibatlarini b artaraf qilish bo'yicha davlat ijroiya organlari huquqlarini belgilaydi; • Prezidentni FV sodir bo'lganligi yoki xavfi borligi haqida ogohlantiradi; *FM ta’minlash bo'yicha mablag' va vositalar ajratadi, uni maxsus texnik va boshqa moddiy texnik boyliklar bilan ta ’minlaydi. VII. Favqulodda vaziyatlar bo'yicha davlat tizim i: Davlat tizimi O'zbekiston Respublikasi aholi va hududini FVlarda himoyalash, uning kuch va vositalarini boshqarish organlarini birlashtiradi, iqtisodiy zararlarni kamaytirish, FV larni ogohlantirish, b a rta ra f qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi. Jamoat tashkilotlari 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunlari va o‘z nizomlari asosida aholi va hududni himoyalash tadbirlarida qatnashishlari mumkin. Ular o ‘z faoliyatlarini Favqulodda vaziyatlar bo'yicha davlat tizimi tasarrufida olib boradilar. FV oqibatlarini tugatishda qatnashayotgan jam oat tashkiloti a ’zolari tegishli tayyorgarlikka ega bo'lishlari kerak. Davlat FM bo'yicha barcha boshqaruv ishlarini FVV orqali olib boradi. FVV vaziri o 'z mavqei b o 'y ich a O'zbekiston Respublikasi FM boshlig'i sanaladi. O'z navbatida FV Vazirligi: • FM ishlarini bevosita boshqaradi va uni ogohlantirish, oqibatlarini bartaraf qilishga javobgardir; • FM b o 'yicha barcha vazirliklar, boshqarm alar, viloyat, shahar va tuman hokimlari faoliyatini boshqaradi. S A V O L L A R 1. О ‘zb ek isto n respu b lik a sid a g i fu q a r o h im oyasi h a qidagi qonun qachon qa b u l qilingan ? 2. F avqu lodda v a z iy a tla r b o ‘y ic h a d a v la t tiz im i о ‘z ich iga n im alarn i oladi? 3. Fuqaro himoyasining kuch va vositalari haqida nimalarni bilasiz? 4. Fuqaro him oyasin in g m o liy a viy va m o d d iy z a x ira s ig a nim alar k iradi? 5. F V larda ah olin i ijtim o iy him oyalash nim alarni n a za rd a tu ta d i9 6. F V larda x a lq a ro h a m k o rlik haqida g a p irib bering? 7. T ezk o r harb iyla sh g a n h a rb iy guruh nim a? 8. F avqulodda v a z iy a tla r vazirligin in g ta sarru fidagi qulfni a y tib bering? Tayanch iboralar Fuqaro him oyasining huquqiy asoslari, favqulodda vaziyatlar b o ‘yicha davlat sistem asi, FH kuch va vositalari, tezkor harbiylashgan terma otryad, respublika tezkor ixtisoslashgan markaz. Fuqaro himoyasi haqidagi qoida. FVlar buyicha davlat sistemasi FV larni ogohlantirish. Boshqaruv tizimi. FH ning moddiy zaxiralari. Aholini ijtim oiy him oyalash. X alqaro ham korlik. T ezkor harbiylashgan terma q o ‘shin. Favqulodda vaziyatlar vazirligi. FAVQULODDA VAZIYAT SHAROITIDA AHOLINI HIMOYALASH 3.1. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari Aholini favqulodda vaziyat sharoitida himoyalash, shu hodisaning noxush oqibatiga yo‘l qo‘ymaslik yoki uni maksimal darajada pasaytirish bo'yicha qo'llanniladigan choralar majmuaviy tadbirlardir. Aholini himoyalashning samaraldorligiga mavjud barcha vosita va usullar to ‘la ishlatilganda va xavfsizlikni ta ’minlash tam oyillari to‘laligicha anglab yetilgan taqdirdagina erishish mumkin. Xavfsizlikni ta ’minlash tamoyillari qo‘llanishiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: 1. Oldindan tayyorgarlik ko'rmoq (shaxsiy va jamoaviy), himoya vositalarini to ‘plash, ulami tayyor holda saqlash hamda aholini xavfli hududdan evakuatsiya qilish bo'yicha tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish. 2. Differensiyallashgan yo'nalish tadbirlari hajmi va xarakteri xavfli va zaharli omillar m anbaining turi va mahalliy sharoitlarga bog'liq. 3. Tadbirlar majmuasi FV oqibatlaridan himoyalanish usullari va vositalaridan samarali foydalanish, zamonaviy texno-ijtimoiy muhitda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo'yicha tadbirlar bilan birga olib borishni taqozo etadi. FV larda aholini himoya qilishning asosiy usullari, aholini evakuatsiya qilish, himoya inshootlariga joylashtirish, shaxsiy himoya ham da tibbiy profilaktik vositalarini qo'llashdan iboratdir. Siyosiy-harbiy nizolar ayniqsa, zam onaviy qurol- yarog'lar bilan hal qilingan taqdirda qirg'indan saqlab qolish uchun eng sam arali usullardan biri aholini himoya inshootlariga joylashtirishdir. Ayniqsa radioaktiv va kimyoviy moddalardan saqlanishda bu choraning samarasi yuqoridir. Himoya inshootlari - bular fizik, ximik va biologik xavfli va zararli om illardan himoyalash m aqsadida maxsus qurilgan injenerlik inshootlaridir. Bu inshootlar himoyalash xossalari b o 'yicha pana joy va radiatsiyaga qarshi yashirinish uchun yopiq pana joylarga bo'linadi. Bular qurilish me’yorlari va qoidalari SNiP 2.01.51-90 bo'yicha loyihalanadi. Shaxsiy himoya vositalari - odam organizmining ichki a’zolariga, terisiga va kiyimiga radioaktiv, zaharlovchi va bakterial vositalarning ta ’siridan saqlaydi. Shaxsiy himoya tibbiy vositalari FV larda jabrlangan aholiga tibbiy yordam ko'rsatish va profilaktik tadbirlar uchun mo'ljallanadi. Ular yordamida odam hayotini saqlab qolish, ko'riladigan zararni kamaytirish yoki oldini olish, ayrim xavfli yoki zararli (nurlanishlar, zaharli moddalar, bakteriyalar) om illarning kishi organizm iga t a ’siriga chidamligini oshiradi. Ularga radioprotektorlar (masalan, sistamin-ionli nurlar ta’sirini kamaytirish), antidot (zaharli moddalarning ta’sirini pasaytiradi), bakteriyalarga qarshi vositalar (antibiotiklar, anterferonlar, vaksinalar, anataksinlar va sh.o'.), hamda qisman sanitarik ishlov beruvchi vositalar (yaralarni bog'lovchi shaxsiy paketlar, kimyoviy jarohatlar uchun shaxsiy paketlar) kiradi. FV larda aholini hayotiy faoliyat xavfsizligini ta ’- minlashda qator tadbirlami awaldan ко'rib qo'yish muhim rol o'ynaydi, xususan: aholini FV larga o'qitish, FV haqida vaqtida xabar berish, kimyoviy va bakterial razvedka ishlarini y o 'lga qo'yish va amalga oshirish, ham da dozimetrik va laboratoriya nazoratlarini tashkil qilish, yong‘inga qarshi, epidemiyaga qarshi va sanitariya- gigiyenik tadbirlarni o‘tkazish, qutqaruv va boshqa zudlik bilan bajariladigan ishlar uchun moddiy boyliklar zaxirasini to‘plash (va sh.o\). Favqulodda vaziyatlarda hayotiy faoliyat xavfsizligini ta ’minlash — odam faoliyatining barcha jab h alarid a sog‘lig‘ini va hayotini saqlashga qaratilgan tashkiliy, injener- texnik tadbirlar va vositalar majmuasidir. Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta ’minlashga qaratilgan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat: - FV larni va ularning oqibatlarini oldindan aytish; - FV paydo bo‘lishi ehtimolini yo‘qotish yoki kamaytirish tadbirlarini rejalashtirish, hamda ular oqibatlari ko‘lamini kamaytirish; - FV larda xalq xo‘jaligi obyektlari ishining mun- tazamligini, uzluksizligini ta ’minlash; - FV holatlariga aholini o‘qitish; - FV oqibatlarini tugatish. Ushbu yo‘nalishlarning qisqacha m azmunlari quyi- dagichadir: FV ni va ularning oqibatlarini oldindan aytish va baholash. Bu - tabiiy ofatlar, avariyalar va falokatlar tufayli yuzaga kelgan vaziyatni taxminiy aniqlash va baholash usulidir. Boshqa tabiiy fanlardan farqli ravishda FM da prognoz qilish, olingan kattaliklar sharoitni o ‘zgartirish uchun foydalanish darajasi bilan belgilanadi. Buning murakkabligi shundaki, n o to ‘liq va ishonchli b o ‘lmagan axborotlar asosida FV ning oqibatlarini yo‘qotish bo‘yicha ishlaming hajmi va xarakterini taxminiy belgilash talab qilinadi. Hozirgi vaqtda seysmik rayonlar, tuproq siljishi mumkin bo‘lgan sei oqimlari yo‘nalishlari, to ‘g ‘onlar buzilganda, suv toshqini b o ‘lganda, odam larga va hududga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan hududlar chegaralari aniqlangan. FM bo‘yicha prognoz qilish masalalariga FV laming sodir bo'lish vaqtini taxminiy aniqlash ham kiradi. Bu prognoz bo'yicha aholining xavfsizligini ta’minlash bo'yicha operativ choralar ko'riladi. Hozirgi vaqtda ko'pgina olim va m utaxasislarning fikri FV lam ing boshlanishi va rivojlanishini oldindan aytib berishga qaratilgan. Ayrim tabiiy ofatlarni oldindan aytib berish bo'yicha real imkoniyatlar paydo bo'ldi. Bunda quyosh faoliyati statistik m a’lum otlari, Yerning sun’iy yo'ldoshlaridan olingan ma’lumotlar, meteorologik, seysmologik, vulqonshunoslik, boshqa stansiyalardan olingan ma’lumotlarga asoslaniladi. Yer qimirlashini seysmik rayonlarda suv tarkibini muntazam ravishda kimyoviy analiz qilish, tuproqning elektr va magnit tavsiyanomalarini o'rganish, quduqlardagi suv sathining o'zgarishini, hayvonlarni, sudralib yuruvchilarni, baliq va qushlarni kuzatish orqali sezish mumkin. O'rmon, torf va boshqa landshaftlardagi yirik yong'inlarni, harorat va geografik iqlim, statistik ma’lumotlar va boshqa sharoitlami hisobga oluvchi majmuaviy ko'rsatkichlar orqali prognoz qilinadi. Yong'inning yashirin manbalarini (torf va yer osti gazlari) aniqlash infraqizil apparat orqali samolyotdan va sun’iy yo'ldoshlardan turib rasmga olinadi. FV ning paydo bo'lishini oldindan aytib berish matematik usullar yordamida ham bajariladi. Sharoitni oldindan aytib berish uchun, haqiqiy xavfli obyektlar joylashgan hududlar, m oddalar va energiya zaxiralari, aholining soni va zichligi, inshootlarning jihati, himoyalovchi inshootlarning turi va soni, ularga qancha odam sig'ishi va boshqa ma’lumotlar asos qilib olinadi. Sharoitni oldindan aytib berishda FV ning turiga qarab falokat hududi toshqin, yong'in va zaharlanish (bak- teorologik, kimyoviy va nurlanish) chegarasi, aholi va xalq xo‘jaligida ko‘rilgan zararlar aniqlanadi. Sharoitni prognoz qilish kattaliklari umumlashtiriladi, tahlil qilinadi va qaror qabul qilinadi, ya’ni qaror qabul qilish uchun xulosa chiqariladi. Shu o ‘urinda savol tug‘iladi. Bugun tuzilgan nomu- kammal va yetarli ishonchga ega b o ‘lmagan prognoz manbalarini qanday tadbiq qilish mumkin? M a’lumki, FV larda FM ni ta ’minlash nomukammal va to‘la ishonchga ega bo‘lmagan axborot asosida qaror qabul qilish lozim bo'lgan birgina soha emas. Ko‘rilayotgan muammoni ushbu sharoitda hal qilishda FV larda odamlarning xavfsizligini t a ’minlash bo‘yicha xavfning oldini olish va paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirish, hamda uning oqibatlari hajmini kamaytirish masalalarini qamrab oladigan keng qamrovli yondoshuv kerak. Ushbu m etodologik asosda o ‘zimizning va xorijiy amaliyot tajribasini hisobga olgan holda, samaradorlikni tobora ortib borishini asoslaydigan tadbirlar majmuasini oldindan tayyorlash, boshqacha qilib aytganda, zamonaviy texno-ijtimoiy muhitda odamlarning FM ni ta’minlashning ko‘p tabaqali tizimini joriy qilish kerak. Download 3.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling