Fayllar. Org
-modda. Xizmatda foydalaniladigan axborot
Download 369.69 Kb.
|
internetdan olingan ma\'lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida reklama
28-modda. Xizmatda foydalaniladigan axborot
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan maqsadlarga muvofiq, xizmatda foydalaniladigan axborot deyilganda emitent va uning chiqargan qimmatli qog‘ozlari to‘g‘risidagi hamma ham foydalana olmaydigan, o‘z xizmat mavqei, mehnat vazifalari yoki emitent bilan tuzilgan shartnomaga binoan bunday ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa subyektlariga nisbatan ustunlik beradigan har qanday axborot tushuniladi. Xizmatda foydalaniladigan axborotga ega bo‘lgan shaxslar jumlasiga: emitentning yoki u bilan shartnomalar orqali bog‘langan investitsiya institutining boshqaruv organlari a’zolari; qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslar; emitentning yoki u bilan shartnomalar orqali bog‘langan investitsiya institutining auditorlari; davlat organlarining, fond birjalari (birjalar fond bo‘limlari)ning nazorat qilish, tekshirish yoki boshqa vakolatlari tufayli mazkur axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslari kiradilar. Xizmatda foydalaniladigan axborotga ega shaxslar bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanish, shuningdek xizmatda foydalaniladigan axborotni bitimlar tuzish uchun uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emaslar. Mazkur talabni buzgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar. 29-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida reklama Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi reklamada uni beruvchining nomi (ismi) aks etgan bo‘lishi kerak. Investitsiya instituti bo‘lgan reklama beruvchi reklama e’loniga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘zi amalga oshiradigan faoliyat turlari haqidagi ma’lumotlarni ham reklamaga kiritishi lozim. Reklama beruvchilarning: o‘z faoliyati to‘g‘risida, sotib olish yoki sotish yoxud boshqa bitimlar tuzish uchun taqdim etilayotgan qimmatli qog‘ozlar turlari va ularning tavsiflari hamda bu bitimlarni tuzish shartlari haqida noto‘g‘ri axborotni, shuningdek qimmatli qog‘ozlar egalarini va bozorining boshqa qatnashchilarini aldashga yoki chalg‘itishga qaratilgan boshqa axborotni reklamada ko‘rsatishi; reklamada qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan miqdori va ularning kurs qiymati o‘sishi haqidagi taxminlarni ko‘rsatishi; xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi qimmatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchilarining yoki xuddi shunday qog‘ozlarni chiqaruvchi emitentlarning haqiqiy yoxud gumon qilingan kamchiliklarini ko‘rsatish yo‘li bilan reklamadan g‘arazli raqobat maqsadlarida foydalanishi taqiqlanadi. Reklamada mazkur holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda qimmatli qog‘ozlar reklamasi g‘arazli reklama deb topiladi. Qimmatli qog‘ozlar va emitentlar to‘g‘risidagi hamma foydalana oladigan axborot, shuningdek vakolatli organlar qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish sohasidagi o‘z vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularga O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan axborot qimmatli qog‘ozlar bozoridagi reklama deb hisoblanmaydi. Emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilgani hamda u yozgan va (yoki) to‘lagan dividendlar to‘g‘risidagi axborot reklama hisoblanadi. Download 369.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling