Fayllar. Org
-modda. Narxlar kotirovkasi
Download 369.69 Kb.
|
internetdan olingan ma\'lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-modda. Investitsiya institutlarining faoliyatini litsenziyalash
- 25-modda. Faoliyatning taqiqlangan turlari
23-modda. Narxlar kotirovkasi
Qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalash fond birjalari tomonidan markazlashtirilgan tartibda, shuningdek birjadan tashqari bozorda dilerlar tomonidan amalga oshiriladi. Fond birjalari qimmatli qog‘ozlar narxini kotirovkalashni bitim narxini, qimmatli qog‘oz kursini, qimmatli qog‘oz bo‘yicha talab va taklif narxini qayd qilish, narxlarning eng baland va eng past darajalarini aniqlash orqali amalga oshiradilar. Narxlarni emitentlarning o‘zlari kotirovkalashiga yo‘l qo‘yilmaydi. 24-modda. Investitsiya institutlarining faoliyatini litsenziyalash Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat davlat vakolat bergan organ tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma — litsenziya asosida amalga oshiriladi. Litsenziya bergan organ investitsiya institutlarining faoliyatini nazorat qilib turadi va qonun hujjatlari buzilgan taqdirda berilgan litsenziyani chaqirib olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Davlat tomonidan vakolat berilgan organ qimmatli qog‘ozlar bilan zarur darajada professional faoliyat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida: jismoniy shaxslar (investitsiya institutlari va fond birjalarining xodimlari) qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasini olishlari uchun ular oldiga qo‘yiladigan malaka talablarini; o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lishining majburiy normativlarini va qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchilikni cheklovchi boshqa ko‘rsatkichlarni belgilaydi. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni investitsiya institutlari uchun ushbu Qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiradilar. 25-modda. Faoliyatning taqiqlangan turlari Qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatning taqiqlangan turlari quyidagilardir: davlat ro‘yxatidan o‘tkazmagan holda, emitent yoki qimmatli qog‘ozlarga taalluqli axborotni oshkor etmasdan qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga oshirish; tegishli litsenziyasiz qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyatni amalga oshirish; soxta bitimlar, talablarni adekvat o‘zaro hisobga olish, qisqa muddatli sun’iy bitimlarni amalga oshirish orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida manipulyatsiya qilish; muhim, konfidensial axborotdan qonunga xilof foydalanish; ayrim qatnashchilarning mavqeida ustunlik yaratish maqsadida qandaydir belgilarga qarab qimmatli qog‘ozlar bozorini bo‘lish; qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo qilishning qonun hujjatlarida belgilangan asosiy prinsiplariga zid boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish. Download 369.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling