Fayllar. Org
IV. QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI AXBOROT BILAN TA’MINLASh
Download 369.69 Kb.
|
internetdan olingan ma\'lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-modda. Investitsiya institutlarining, fond birjalarining (birjalar fond bo‘limlarining) va qimmatli qog‘ozlar egalarining axborotni oshkor qilishi
IV. QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI AXBOROT BILAN TA’MINLASh
26-modda. Emitentlarning axborotni oshkor qilishi Emitent o‘z qimmatli qog‘ozlari va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi axborotni quyidagi shakllarda oshkor qilishi shart: moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yillik hisobot tuzish; emitentning, uning shu’ba va tobe korxona va tashkilotlarining qayta tashkil etilganligini ma’lum qilish; emitent aktivlarining qiymati bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda ko‘payishi yoki kamayishiga sabab bo‘lgan faktlar, emitentning sof foydasi yoki sof zarari bir marta 10 foizdan ortiqroq miqdorda ko‘payishiga olib kelgan faktlar, miqdori yoki mol-mulkining qiymati bitim tuzilgan sanadagi holatga ko‘ra emitent aktivlarining 10 foizidan ortiqni tashkil etadigan bir martalik bitimlarga oid faktlar to‘g‘risidagi ma’lumot; emitent tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligi haqidagi, emitentning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha yozilgan va (yoki) to‘langan daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumot; emitentga qarashli har qanday alohida turdagi qimmatli qog‘ozlarning 35 foizdan ortiqrog‘iga ega bo‘lgan shaxsning emitent reyestrida paydo bo‘lganligi haqidagi ma’lumot; reyestrning yopilish sanalari to‘g‘risidagi, emitentning qimmatli qog‘ozlar egalari oldidagi majburiyatlarini bajarish muddatlari haqidagi, umumiy yig‘ilishlarning qarorlari to‘g‘risidagi ma’lumot; emitentning vakil qilingan organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish haqida qaror qabul qilingani to‘g‘risidagi ma’lumot. 27-modda. Investitsiya institutlarining, fond birjalarining (birjalar fond bo‘limlarining) va qimmatli qog‘ozlar egalarining axborotni oshkor qilishi Investitsiya instituti quyidagi hollarda: yilning bir choragi mobaynida bir emitentning faqat bir turdagi qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar o‘tkazganda; bir emitentning bir turdagi qimmatli qog‘ozlari bilan bir marta operatsiya o‘tkazganda, agar bu operatsiya bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning soni mazkur qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining kamida 15 foizini tashkil etsa, o‘zlarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirgan operatsiyalari haqidagi axborotni oshkor qilishi shart. Fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari) va investitsiya institutlari har qanday manfaatdor shaxsga: qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchisiga savdoga ijozat berish qoidalarini; qimmatli qog‘ozlarni savdoga qo‘yishga ijozat berish qoidalarini; bitimlar tuzish va ularni solishtirish qoidalarini; bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini; bitimlarni ijro etish tartibini; narxlar belgilashda aldovni cheklaydigan qoidalarni; qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoni tashkil etuvchilarga xizmat ko‘rsatish jadvalini; yuqorida sanab o‘tilganlarga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish reglamentini; savdoga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning ro‘yxatini oshkor etishlari shart. Qimmatli qog‘ozlar egasi emitentga qarashli har qanday qimmatli qog‘ozlar turining 35 foizi va undan ortig‘iga ega ekanligi haqidagi axborotni oshkor etishi shart. Download 369.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling