Fayllar. Org
Z-modda. Depozitar faoliyat
Download 369.69 Kb.
|
internetdan olingan ma\'lumotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-modda. Qimmatli qog‘ozlar yuzasidan o‘zaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring)
1Z-modda. Depozitar faoliyat
Qimmatli qog‘ozlarni saqlash va (yoki) bu qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olib borish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish depozitar faoliyat deb hisoblanadi. Depozitar faoliyat bilan shug‘ullanadigan investitsiya instituti depozitariy deb ataladi. Faqat yuridik shaxsgina depozitariy bo‘la oladi. Depozitariyning qimmatli qog‘ozlarni saqlash va (yoki) bu qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olib borish sohasidagi xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs deponent deb ataladi. Investorlar o‘z aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari saqlanishini ta’minlash maqsadida qimmatli qog‘ozlarni: qog‘oz sertifikatlar; kompyuterdagi elektron buxgalteriya yozuvlari shaklida saqlash va almashish huquqiga egalar. Depozitar xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish deponentning qimmatli qog‘ozlarga mulk huquqi depozitariyga o‘tishiga olib kelmaydi. Depozitariy o‘ziga deponentga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlarning but saqlanishi uchun, shuningdek qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olib borish bo‘yicha o‘z burchlarini bajarmaganligi yoki tegishli darajada bajarmaganligi uchun, shu jumladan deponent hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlarning to‘laligi va to‘g‘riligi uchun qonunda belgilangandek javobgar bo‘ladi. Deponentlarning qimmatli qog‘ozlariga depozitariyning majburiyatlari bo‘yicha undiruv qaratilishi mumkin emas. 14-modda. Qimmatli qog‘ozlar yuzasidan o‘zaro majburiyatlarni aniqlash va hisobga olish (kliring) O‘zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash va hisobga olishga doir faoliyat kliring deb hisoblanib, bu faoliyat bitimga doir axborotni to‘plash, solishtirish, unga tuzatish kiritish hamda qimmatli qog‘ozlarga doir fuqaroviy-huquqiy bitimlarni ijro etish uchun buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash operatsiyalarini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar bo‘yicha hisob-kitob-kliring operatsiyalarini amalga oshiruvchi investitsiya institutlari hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti) deb ataladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar yuzasidan hisob-kitob olib borilishi munosabati bilan kliringni amalga oshiruvchi tashkilotlar o‘zaro majburiyatlarni aniqlash chog‘ida tayyorlab qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari va buxgalteriya hujjatlarini ijroga qabul qilib olayotganlarida qimmatli qog‘ozlar bozorining qaysi qatnashchisi uchun hisob-kitob ishlari amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu qatnashchi bilan tuzgan o‘z shartnomalariga asoslanadilar. Download 369.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling