Fayllar. Org


Download 369.69 Kb.
bet7/36
Sana25.02.2023
Hajmi369.69 Kb.
#1227872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
internetdan olingan ma\'lumotlar

4-modda. Fond do‘konlari
Fond do‘konlari — investitsiya institutlarining tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, jismoniy shaxslar uchun qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari mayda ulgurji va chakana savdosini amalga oshiradi.
Fond do‘konlari investitsiya vositachilari, investitsiya kompaniyalari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan ochilishi mumkin.
Fond do‘konlarini ochish, ularning faoliyat ko‘rsatishi va ularni tugatish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
II. QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING FAOLIYAT KO‘RSATIShI
5-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoni tashkil etish
Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoni litsenziya asosida ish olib boradigan fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari) va investitsiya institutlari qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etadilar.
Investitsiya institutlari qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqarida savdo qilishni tashkil etuvchi bo‘linmalar tuzishga haqli.
6-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo qilishning asosiy prinsiplari
Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdo qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
barcha potensial investorlar o‘z mablag‘larini foydali tarzda joylashtirishlari uchun ularga shart-sharoitlar yaratib berish;
qimmatli qog‘ozlar bozorida tuziladigan bitimlarning ixtiyoriyligi;
erkin raqobat yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish;
narxlarni real tarkib topadigan talab va taklif asosida belgilash;
qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga uning barcha qatnashchilarining qat’iy rioya etishi;
birja va birjadan tashqari operatsiyalar, kotirovkalar, emitentlarning moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborot oshkor etilishining shartligi;
o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi;
qimmatli qog‘ozlar va ularning emitentlariga doir axborotning to‘la oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha qatnashchilar foydalana olishini ta’minlash;
investorlar va emitentlarning manfaatlarini himoya qilish;
qimmatli qog‘ozlar bozorida tovlamachilik va boshqa noqonuniy faoliyatni taqiqlash hamda ta’qib qilish.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoning asosiy prinsiplariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond birjalari va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarining birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan savdo qoidalarini uyg‘unlashtirish asosida ta’minlanadi.

Download 369.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling