Fayllar. Org


Xondamir Nusratxo‘jayev suhbatlashdi


Download 369.69 Kb.
bet6/36
Sana25.02.2023
Hajmi369.69 Kb.
#1227872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
internetdan olingan ma\'lumotlar

Xondamir Nusratxo‘jayev suhbatlashdi.
LEX.UZ

https://lex.uz/docs/-2018?otherlang=1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINING FAOLIYAT KO‘RSATISH MEXANIZMI TO‘G‘RISIDA
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatishi va uni boshqarish bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
2-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori
Qimmatli qog‘ozlar bozori — jismoniy va yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularning muomalada bo‘lishi va haqini to‘lash bilan bog‘liq munosabatlari tizimidir.
Qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilari — qimmatli qog‘ozlarning emitentlari, investorlar, investitsiya institutlari, shuningdek ularning birlashmalari (uyushmalari), fond birjalari (birjalarning fond bo‘limlari), davlat tomonidan qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish va muvofiqlashtirish vakolati berilgan organlar va boshqalardan iboratdir.
Z-modda. Investitsiya institutlari
Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya institutlarining quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
investitsiya vositachisi (moliya brokeri va dileri);
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya kompaniyasi;
investitsiya fondi;
boshqaruvchi kompaniya;
depozitariy;
hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti);
qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrini saqlovchi;
qimmatli qog‘ozlarni nominal saqlovchi;
investitsiya institutlarining boshqa turlari.
Investitsiya institutlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin, faqatgina ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi mumkin bo‘lgan investitsiya fondi bundan mustasno.
Investitsiya institutlari tuzish, ularning faoliyat ko‘rsatishi va ularni tugatish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.

Download 369.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling